Shokir Sulaymon

Shokir Sulaymon (asl nomi Sulaymonov Shokir) (1900, Qo’qon — 1942.5.9, Toshkent) — yozuvchi, adabiyotshunos va pedagog. 1916 yilda «usuli jadid» maktabini tugatib, Orenburgdagi «Husayniya» madrasasida tahsil ko’rgan. So’ngra Toshkentdagi o’zbek o’lka yerlar maorif instituti (1920-22), Moskvadagi ishchilar fakulteti (1922-24), Oliy pedagogika akademiyasi (1924-26)da o’qigan. Respublikaning o’sha vaqtdagi poytaxti Samarqandga qaytgach, partiya maktabida o’zbek tili o’qituvchisi (1926), «maorif va o’qituvchi» hamda «yer yuzi» jurnallarida mas’ul kotib (1927-30), O’zbekiston universitetida assistent, dotsent (1931-37), O’zdavnashrda muharrir (1938), til va adabiyot intida katta ilmiy xodim (1940— 41). «Qizil qalam» (1926-30) adabiy tashkiloti, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi va uyushmaning Samarqand viloyat bo’limini tashkil etishda faol qatnashgan. Shokir Sulaymon ijodini 1919 yilda she’r yozish bilan boshlagan. «Erk Kuylari» (1926), «g’alaba marshi» (1928), «davr hayqirig’i» (1932) she’riy to’plamlari, «Yangi saroy» (1931), «o’tganlarni eslaganda» (1933) dostonlari, «achchiq xotiralar» (1930), «yangi turmushda», «Baxtli Halima» (1931), «Gulasal» (1933) kabi hikoya, she’r va dostonlar muallifi. O’zbekiston yozuvchilarining 1qurultoyiga sovg’a sifatida «Saylanma asarlar to’plami» (1934) nashr etilgan. «Qul», «qutulish alangasi», «qonli devor», «Sharq qizi» singari she’rlari bilan o’zbek she’riyatida sochma janrining; «Oq negr», «Fin fon», «Yama ham hama», «Hindistonda», «butun dunyoga sayohat» singari asarlari bilan o’zbek bolalar adabiyotining shakllanishiga hissa qo’shgan. 1941 yil 27 avgustda «Ittihodi Tolibon» (1918-19), «Milliy Ittihod» (1919-22) aksilinqilobiy tashkilotlariga a’zo bo’lganlik va millatchiliqda ayblanib qamoqqa olingan, so’ng otib tashlangan. 1956 yil 17 sentyabrda oqlangan. As: O’ch, T., 1964. Ad.: Yunusov M., Shokir Sulaymon Saxiy qalamlar!, T., 1975.