Shtamm
Shtamm (nemischa tana, asos) — morfologik va fiziologik xususiyatlari o’rganilgan mikroorganizmlarning sof o’stirib olingan namunalari. Bir turdagi bakteriya, virus, mikroskopik zamburug’larning o’zi yashash manbalari va qator xususiyatlari, masalan, antibiotiklarga sezgirligi, toksinlar, fermentlar hosil qilishga layoqati va boshqalar bilan bir-biridan farq qiladigan juda ko’p Shtammlarga ega bo’ladi. Shtammlar yetishtirish morfologik belgilariga ko’ra miselial, mikroskleriosial, koloniyalari tez va sekin o’sadigan va hokazolar. Shtammlarga bo’linadi. Sanoatda oqsillar, antibiotiklar (shu jumladan, fermentlar), organik kislotalar va boshqalarning mikrobiologik sintezida qo’llanadigan mikroorganizmlarning sof o’stirib olingan Shtammlari selektsiya natijasida olingan yovvoyi Shtammlarga nisbatan sermahsul hisoblanadi.