Sibiu

Sibiu — Ruminiyaning Markaziy qismidagi shahar. Sibiu judesi (viloyati) ning ma’muriy markazi. Aholisi 169,6 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik (xususan, og’ir va transport mashinasozligi, stanoksozlik va priborsozlik), kimyo, parfyumeriyakosmetika, yog’ochsozlik, to’qimachilik (matolar, trikotaj, gilam), ko’npoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari, muzeylar bor. Turizm rivojlangan. Me’moriy yodgorliklaridan 13-18-asrlarda qurilgan cherkov, saroy, minoralar saqlangan.