Sif

Sif (inglizcha CIF, cogt — narx, insurance — sug’urta, freight — fraxt so’zlarining bosh harflaridan) — xalqaro savdoda tovarlarni yetkazib berishning asosiy shartlaridan biri. Sif shartlariga ko’ra, sotuvchi tovarni sug’urta qildirishi va fraxt (kira) haqini to’lashi, kelishilgan muddatda tovarni portga yetkazib kelishi va kemaga ortib berishi, xaridorga konosament (tovar pattasi)ni va sug’urta polisini topshirishi lozim. Tovar kemaga ortilgan paytdan boshlab, jami xarajatlar va majburiyatlar, tovarning ehtimoldagi buzilishi yoki tasodifiy yo’qolishi bilan bog’liq jami xatarlar sotuvchidan xaridor zimmasiga o’tadi.