Sirtqi ta’lim

Sirtqi ta’lim – ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o’rta maxsus ma’lumot olish shak- li. Kunduzgi ta’lim shaklidan talaba (o’quvchi)larning mustaqil o’qishi b-n farq qiladi. S.t. muayyan sohadan ma’- lumot olish shakli sifatida 19-a.ning oxirlarida Germaniya, AQSh, Buyuk bri- Taniya va b. davlatlarda joriy etilgan bo’lib, ular dastlab eksternat shaklida texnik, harbiy va pedagogik ma’lumot olishga, shuningdek, savod o’rganishga yo’naltirilgan. 20-a.ning 20y.larida oliy ta’lim muassasalarida S.t. kursla- ri, keyinchalik bo’limlari va hoz. Kunda amal qilinayotgan shakllari paydo bo’ldi. O’zbekistonda S.t. 1938 y.dan tash- kil etildi. Shu yili O’rta Osiyo un-tida sirtqi bo’lim tuzildi. Hozir S.t. o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus markaz, bo’lim va ftlarda amalga oshiriladi. Unda ta’- limning asosiy qismi (60— 70%) talaba (o’quvchi)larning mustaqil bilim olishi- ga asoslangan bo’lib, ular 1 y.da 2 marta kunduzgi ta’lim shaklida o’quv fanla- ridan ma’ruzalar Tinglaydilar hamda semestrlar bo’yicha imtihonlar topshi- radilar. O’rta maxsus hamda oliy o’quv yurtla- rida S.t. o’rta maxsus va oliy o’quv yurt- larining sirtqi ft (bo’lim)larida olib boriladi. Darslik va dasturlar, odatda, kunduzgi va S.t. tizimida umumiy bo’ladi. Sirtqi oliy va o’rta maxsus o’quv yurt- larida (ft, bo’limlarida) ta’limning predmetkurs tizimi qabul qilingan. S.t. tizimining mazmuni, talabalar (o’quvchi) lar tomonidan o’zlashtiriladigan bi- limlarning majburiy minimal daraja- lari, shuningdek, kirish imtihonlari kunduzgi ta’lim shakli b-n bir xil bo’ladi. Ta’limning sirtqi va kunduzgi bo’limlarini bitirgan mutaxassislar uchun bir xil namunadagi diplom berila- Di. S.t.da qishloqxo’jaligi, iktisodiyot, aloqa va ayniqsa, ped. bo’yicha eng ko’p mu- taxassis tayyorlash yo’lga qo’yilgan. S.t. shakli sog’liqni saqlash tizimi uchun mu- taxassislar tayyorlashda qo’llanilmaydi. S.t. bo’yicha kasb-hunar kollejlariga tayanch umumiy o’rta ta’lim (9 y.lik), oliy o’quv yurtlariga kasb-hunar kollejlari, akademiklisey va umumiy o’rta ta’lim maktablarini bitirganlar yoshlaridan qat’i nazar qabul qilinadilar. O’zbekistonda 2000/2001 o’quv yilidan boshlab maxsus S.t. shakli joriy etilgan bo’lib, unga o’rta maxsus ma’lumot hamda 3 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan pe- dagog xodimlar mos yo’nalishlar bo’yicha qabul qilinadilar. O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayot- ganlar uchun ularning asosiy ish joyla- ridan belgilangan tartibda imtiyozlar beriladi. O’zbekistonda ayrim fanlar bo’yicha televizion o’quv ko’rsatuvlari, televizion olimpiadalar (asosan, umu- miy o’rta ta’lim bo’yicha) kabi S.t. shak- llari ham amal qiladi. 2002/2003 o’quv yili O’zbekistondagi 45 oliy ta’lim muassasasida 61 ming talaba, o’rta Max- sus o’kuv yurtlarida 73,7 ming o’quvchi sirtdan ta’lim oldi. O’zbekistonda 1998 y.gacha umumiy o’rta ta’lim tizimida, 2002 y.gacha aspirantura tizimida ham S.t. mavjud bo’lgan. Asqarali Sulaymonov.