Skandinaviya tillari

Skandinaviya tillari — Ger- man tillarining shim. guruhchasi, dan (dat), shved, norveg (Bukmol va Nyunorsk variantlari), Island, Farer tillarini qamrab oladi. Daniya (jumladan, Farer orollari) va Shvesiyada, Finlandiyaning g’arbiy qismida, Norvegiya va Islandiya- da, qisman, Kanada va AQShda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 20 mln. kishidan ortiq. St. ilk yozma yodgorliklari 3-a. dan ma’lum bo’lgan va umumskandinav tili deb atalgan qarindosh lahjalar guruhidan kelib chiqqan. Ularning o’zaro farklanishi va alohida tillar paydo bo’lishi 9-11-a.larda boshlanib, 15-a. o’rtalarida nihoyasiga etgan. Shu b-n bir- ga, muayyan o’xshash va farkli jihatlari bo’yicha st.ning 2 ta tarqalish mintaqasi: kontinental (dan, norveg va shved tilla- ri) va orollar (Island va Farer tillari) mintaqasi mavjud bo’lgan. Hoz. St. o’xshashlik asosida bir guruhni tashkil eteada, ular tilning barcha sathlarida muayyan farklarga ega. Mas, fonologik jihatdan shved va nor- veg tillari juda yaqin bo’lib, musiqiy urg’uga ega bo’lsa, dan tilida ayrim un- doshlarning unlilarga yaqinlashuvi ku- zatiladi, Island va Farer tillarida esa urkusiz unlilar reduktsiyasi uchramaydi. Morfologik jihatdan dan, shved, norveg tillarida analitizm belgilari, Island va Farer tillarida eea sintetizm belgi- lari yaqqol sezilib turadi; ular, shuning- dek, grammatik jins, kelishik, son Kate- goriyalarining mikdori va qo’llanishi, sifat va fe’l turkumlaridagi o’ziga xos- liklar b-n ham o’zaro farqlanadi. Kon- tinental va orollardagi st. lug’at tar- kibi jihatidan ham muayyan farqlarga ega: norveg, shved, dan tillarida lotin, nemis, frantsuz va ingliz tillaridan o’zlashgan so’zlar ko’plab uchrasa, Island va Farer tillarida bunday o’zlashmalar o’rniga o’z so’zlari mavjud. St. 3-11-a. larda, asosan, runik yozuvdan foydalan- gan. 12-16-a.larda runik yozuv o’rnini astasekin lotin yozuvi egallay boshlagan. Hoz. S.t.ning barchasi lotin grafikasi- ga asoslangan alifbolarga ega. Lotin yozuvidagi eng qad. qo’lyozmalar 12-a.ning 2-yarmiga taalluqli.