Slavyanlar
Slavyanlar — kelib chiqishi bir va tillari o’zaro yaqin bo’lgan Ev- ropa xalqlarining eng yirik guruhi. Uning tarkibiga; Sharqiy S. (ruashr, ukrsshnlar, beloruslar); g’arbiy S. (po- lyaklar, chexlar, slovaklar, lujichan- lar); Janubiy S. (bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, makedonlar, bos- niyaliklar, chernogoriyaliklar) kiradi. Umumiy soni 293,5 mln. kishi (1990y. lar o’rtalari), shu jumladan, RFda 125,5 mln. kishi. Slavyan tillarida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, Kato- liklar, bir qismi protestantlar. S. haqida qad. ma’lumotlarga ko’ra, ular mil, 1-2-a.larda venedlar nomi b-n ma’lum bo’lgan. 6-a. o’rtalarida Proko- Piy, Iordan va b.ning asarlarida uchray- Di. 7-a.ning 2-yarmida S. Arab muallifi Abu Malik alaxtalning asarlarida til- ga olingan. S.ning ajdodlari — slavyan qabilalari hindevropa tillari oila- siga mansub tillarda so’zlashgan. Ular bodrich, lyutich, polyan, severyan, krivich, ulich, duleb, tiver, xorvat, radimich, Dre- govich, vyatich va b. qabilalardan iborat. Mil. 2-4-a.larda german qabilalari (gotlar, gepidlar)niig Jan.ga silji- shi oqibatida S. yashagan hudud 2 qismga bo’linib ketgan. Bu voqea S.ni Sharkiy va g’arbiy guruhlarga bo’linishida katta rol o’ynagan. 5-a. oxirida gunnlarning kuchsizlanishi oqibatida S. Jan. ga sil- jiy boshlagan. Ular Dunay daryosi, qora dengizning g’arbiy sohillari, Vizantiya- ning Bolqon ya.o.dagi viloyatlariga kirib borgan. Shu tariqa S.ning Jan. guruhi vujudga kelgan. Jan. Sda ilk davlat — Birinchi bulg’or podsholigi, g’arbiy Sda Samo davlati, keyinchalik Buyuk Moraviya saltanati tashkil topgan. 10-a.da Odra va Visla o’rtasida Polsha, 9-10-a.ning 1-yarmida markazi Kiev sh. bo’lgan Kiev Rusi davlati vujudga kelgan. Davlatlar- ning paydo bulishi slavyan xalqlarining shakllanishiga imkon bergan. Slavyan xalqlarining uz milliy dav- latidan mahrum bo’lishi (Jan. va g’arbiy S.ning katta qismi Avstriya, keyinroq Avstriya-Vengriya va Usmonli turk im- periyasiga qo’shib olingan), milliy taraqqiyotidagi qiyinchiliklar, og’ir iqtisodiy ahvol 19-a.ning oxiri — 20-a. ning boshida ularning Evropa mamlakat- lari, AQSh va Kanadaga ko’chishiga sabab bo’lgan. Jan. va g’arbiy S. o’rtasidagi milliy harakat, RossiyaTurkiya urushi, Birinchi Bolqon urushi (1912)dagi Av- striya-Vengriyaning mag’lubiyati natija- sida S.ning etnik hududlari qaytadan birlashtirshgan. S. dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliq ovlash b-n shug’ullanadi.