SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKALARI Ittifoqi

SOVET SOSIALISTIK RESPUBLIKALARI Ittifoqi, SSSR, so- vet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperi- yasi hududining katta qismida 1922-91 y.larda mavjud bo’lgan musta bid dav- lat. SSSR ni tashkil etish to’g’risida deb atalgan shartnoma (1922)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorus- siya (BSSR), Zakavkaze respublikalari [ZSFSR; 1936 y.dan ittifokdosh Respu- blikalar — Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gruziya (Gruziya CCP)J, keyinchalik — 1925 y. O’zbekiston (O’zbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929 y. Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936 y. Qozog’iston (Qozog’iston SSR), Qirg’iziston (Kirg’iziston SSR), 1940 y. Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (lat- viya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan. 20y.larning boshlaridan, ayniqsa, V. I. Leninning vafotidan keyin mamla- kat rahbariyati orasida hrkimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Raxbarlikning avtoritar usullari karor togtshi, I. V. Stalin shu usullardan foydalanib, yak- kaboshchilik hokimiyati rejimini ku- chaytirib bordi. 1921 y.da boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20y.lar- ning o’rtalarida to’xtatilib, so’ng mam- lakatni jadal industriyalash va q.x.ni zo’rlab kollektivlashtirish (jamoa- lashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasi- ni to’lato’kis o’ziga bo’ysundirib oldi. (q. Sovet Ittifoqi Kommunistik par- tiyasi). Mamlakatni tez modernizasiya- lash va b. mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qo’llab-quvvatlashni maqsad qilib qo’ygan qat’iy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijti- moiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatag’onlar 1934 y.dan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, ot- ildi, surgun qilindi (q. Repressiya). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga so- lib qo’yildi, bepoyon mamlakatdagi bar- cha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan bo’ldi, o’ta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoy- illar oyoq osti qilindi, sud tizimi be- dodlik asosiga qurildi. 30y.larning oxirida mustabid davlatning tashqi si- yosati keskin o’zgartirildi, xalqaro ja- moa xavfsizligi yo’lidan qaytildi. 1939 y. sovetgerman bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiya, Boltiqbo’yi mam- lakatlari, Bessarabiya va shim. Bukovina SSSR tarkibiga qo’shib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovetfin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperi- yasining xalqaro obro’siga putur etkazdi (SSSR Millatlar Ittifoqidan ch i ka — rib yuborildi). 1941 y. Germaniya shar- tnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qo’qqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5 mln. bo’lgan O’zbekistondan 1 mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butunbutun xalklar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, Qrim tatarlari, qorachoylar, greklar, mesxe- ti turklari, Volga bo’yi nemislari va b. o’zga o’lkalarga majburlab ko’chirildi. SSSR AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya kabi ittifoqchilar yordamida urush- da g’olib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpate Ukrainasi va b. erlar hisobiga mam- lakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatag’onlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, «vrachlar ishi», «Le- ningrad ishi» va b.) davom ettirildi, o’zbekistonlik ko’pgina yozuvchi, shoir, olim va b. ziyolilar ham shu siyosat azo- bini tortdilar. G’arb mamlakatlari b-n ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum o’rtasida «sovuqurush», qurollanish poygasi boshlandi. I.V.Stalin vafoti (1953) dan keyin bo’lib o’tgan KPSS 20s’ezdi (1956) N. S. Xrushchyov tashabbusi b-n sta- Lin shaxsiga sig’inishni tanqid qildi. Qatag’on qurbonlari oklana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirish- ga, q.x.ni, uyjoy qurilishini, engil sanoatni rivojlantirishga ko’proq e’ti- bor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufay- li ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr st-yasi ishga tu- shirildi (1954), erning birinchi sun’- iy yo’ldoshi (1957), ichida kosmonavt uchuvchi bo’lgan birinchi kosmik kema (1961) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xav- Fi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va ma’muriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yo’lidagi bu urinishlar izchillik b-n o’tkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Par- tiya va davlatga L. I. Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964-82) davlat va jamiyat hayotida to’rachilik avj oldi, ik- tisodiyotda turg’unlik hukm surdi. A. N. Kosiginnpnt tashabbusi b-n o’tkazilgan islohotlar to’xtab qoldi, iqgisodiyot ekstensiv yo’ldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tush- gan mablag’ning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956) va Chexoslovakiya (1968) raxbariyatining islohot o’tkazish yo’lidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi b-n bostirilishi, Afg’onistonga qo’shin kiritilishi (1979) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985 y. da hokimiyat tepasiga kelgan M. S Gorbachyov va uning tarafdorlari «qayta qurish» siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tash- kilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan tu- rib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamla- katdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Mil- liy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol og’irlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar o’z imtiyozlarini saklab qolish maqsadida 1991 y. avgust oyida Favqulodda holat davlat qo’mitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat to’ntarishi qilishga urinib ko’rdi, ammo bu urinish barbod bo’ldi. 1991 y. 8 dek.da Belorussiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari B. N. Eltsin, L.M. Kravchuk, S. S. Shushkevich Belorussiya- dagi Belaya Veja o’rmonida bitim imzo- lab, SSSR tugatilishini qayd etdilar va Musgpakil davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tashkil etilganligini e’- lon qildilar (1991 y. 8 dek., Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston 1991 y. 21 dek.da Olmaotada imzolangan Deklara- tsiyada MDHni tuzish to’g’risidagi Bi- Timga qo’shildilar. 1993 y. Gruziya ham MDHga qo’shildi. 1991 y. 25 dek.da SSSR xalqaro huquq sub’ekti sifatida barham topdi. G’ayriinsoniy printsiplar- ga asoslangan soxta davlat — «Kizil imperiya»ning takdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy qonuniyat edi. O’zbek xalqi O’zbekiston Prezi- Denta I. A. Karimov boshchiligida mustaqillikka erishish yo’lida olib borgan qat’iy kurash bu jarayonda kat- ta ahamiyatga ega bo’ldi. SSSR mavjud bo’lgan yillar mobaynida O’zbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, q.x.ni jamoalashtirish, ommaviy qatag’onlar siyosati va kommunistik diktatura o’tkazgan barcha bedodliklar, jumladan, 80y.lar o’rtalaridagi «paxta ishi»ning butun azobuqubatlarini boshdan kechir- Di.