SOVET ITTIFOQI KOMMUNI-STIK PARTIYASI

SOVET ITTIFOQI KOMMUNI-STIK PARTIYASI (KPSS) 18981991 y. larda Rossiya, RSFSR, SSSRda fao- liyat ko’rsatgan siyosiy partiya. 1898 i. martdan — RSDRP, 1917 i. apr.dan — RSDRP(b), 1918 y. martdan — RKP(b), 1925 y.dek.dan VKP(b), 1952 y. okt.dan — KPSS. Dastlab sosialdemokratik ish- chilar partiyasi sifatida tashkil topdi. 1903 i. iyul—avg.da bo’lgan partiyaning 2s’ezdida u bolsheviklar va menshevi- klarta ajraldi. Bolsheviklarga V. I. Lenin, mensheviklarga L. Martov va g. V. Plexanov etakchilik qilgan. 1917 y.gi Oktyabr to’ntarishi natijasida bol- sheviklar Rossiyada hokimiyat tepasiga keldi va avval V. I. Lenin, keyinchalik (1920 y.lardan) I.V. Stalin boshchiligi- da davlat totalitar rejimining tayanchi bo’lib qoldi. KPSS a’zolari soni 1917 y. taxm. 40.000 kishini tashkil etgan bo’lsa, 80y.larning o’rtalarida 19 mln. kishigacha etdi. Partiyaning 8s’ezdida (1919) qabul qilingan dastur kapita- lizmdan sosializmga o’tish printsipla- rini umumiy tarzda e’lon qildi. 1920 y.lar boshiga kelib bolshevik rahbarlar mamlakatdagi boshqa barcha siyosiy parti- yalar faoliyatini man qildi. Kommuni- stik partiya markazda ham, joylarda ham hokimiyatning barcha dastaklarini o’z qo’liga olgan yagona siyosiy partiya bo’lib qoldi. 1922 y.dan partiya MK bosh kotibi lavozimini egallab kelgan I. V. Stalin guruxi partiyaning Troskiy va zino- vev, Buxarin va Rikov singari boshqa rahbarlari ustidan keskin kurashlar- da g’alaba qozonishi (20y.larning oxi- ri — 30y.larning boshi) oqibatida bir partiyalik tizim mustahkamlandi. Om- maviy qirg’inlar kuchayib, ularga KPSS rahnamolik qildi. 20s’ezd (1956)da N. S. Xrushchyov boshliq partiya rahbarligining bir qismi Stalin shaxsiga sig’inishni, nohaq qatag’onlar va rahbarlikning AV- toritar usullarini fosh qilib chikdi. KPSS ning 22 s’ezdida (1961) qabul qilintan partiyaning yangi dasturida SSSR da sosializm «to’la va uzilkesil» g’alaba qozonganligidan kelib chiqib, mamlakat «kommunizm kurilishi avj oldirilgan» davrga kirganligi e’lon qilindi. Ammo keyingi voqealar bu da- sturdagi asosiy qoidalar xomxayolligini ko’rsatdi. 60y.larning oxiridan boshlab partiya va u boshchilik qilayotgan siyosiy tizim turg’unlikbosqichiga kirdi, partiya raxbarligidal. I. Brejnev boshchiligi- dagi konservativ kuchlar ustunlik qildi; mamlakatning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari keskin pasaydi. SSSR kon- stitusiyasi (1977) KPSS ning sovet ja- miyatining raxbar va yo’naltiruvchi kuchi sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamlab ko’ydi. 1985 y.dan M. S. Gorbachev boshchiligidagi partiyaning oliy rahbarligi sovet jamiyatini qayta qurish va demokratiyalashtirishgaurin- Di. KPSSning 27s’ezdi (1986) «!gngi tahrir»dagi dasturni qabul qildi. Unda «kommunizm kurilishi» to’g’risidagi qoida «sosializmni takomillashtirish» to’g’risidagi tezis b-n almashtiriddi. 28s’ezd (1990) keskin bahslardan so’ng 1986 y.gi dasturni amalda bekorqilgan va KPSSning astasekin «demokratok so- tsializm» pozisiyalariga o’tishini e’lon qilgan partiya «platformasi»ni tasdi- kladi. Bu paytga kelib KPSS ichida bir- biriga qarshi turgan bir qancha oqimlar paydo bo’ldi. KPSS va sovet jamiyatidagi tanazzul tobora kuchaydi. 1991 y. Rossiya Federasiyasining Prezidenti B. N. El- Tsin farmoni b-n KPSS faoliyati Rossiya hududida tuxtatildi va partiyaning tash- kiliy tuzilmalari tarqatib yuborildi. 1992 i. va undan keyingi yillar Rossi- yada bir kancha Kommunistax partiyalar va tashkilotlar tuzildi. Ularning eng Yi- rigi Rossiya Federasiyasi Kommunistik partiyasi (KPRF) hisoblanadi. KPSS rahbarligi davrida butun ja- miyat, aslida, «kommunist — komsomol — pioner — oktyabryat» zanjiriga birlash- tirilgan edi. Erkin fikr man qilindi, kommunistik g’oyani qabul qilmaganlar tazyiq va ta’qibga uchradi, dushman si- fatida yo’qotib borildi. KPSS siyosati natijasida mamlakatda xalqdan ajra- lib qolgan, ishi b-n so’zi mos kelmaydi- gan, faqat o’z manfaatini o’ylaydigan, jamiyatda boshqalardan ko’ra yaxshiroq yashaydigan o’ziga xos siyosiy qatlam Vu- judga keldi. KPSS baynalmilal siyo- satga amal qilish bahonasida o’z g’oyasi va ta’sirini jahonga tarqatishga, xalqaro kommunistik harakatni kuchaytirish- ga urindi. Shu asosda 2-jahon urushi- dan keyin Sharqiy Evropa davlatlari, keyinroq Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarga, Kubaga markschalenin- cha g’oya tiqishtirildi. Natijada dunyoda mafkuraviy-siyosiy qaramaqarshiliklar kuchaydi. O’zbekiston Kommunistik partiya- si (O’zKP) KPSSning tarkibiy qismi bo’lgan edi. 1918 y. Turkiston kom par- tiyasi, Buxoro Kompartiyasi va 1920 y. Xorazm Kompartiyasi tuzilgan. Bu partiya tashkilotlari asosida O’zKP o’zining 1925 y. 6-12 Fev.da Buxoroda bo’lgan 1s’ezdida tashkiliy jihatdan rasmiy- lashgan. O’sha paytda tarkibida 8350 nafar partiya a’zosi bor edi. 1988 y. boshlarida O’zbekiston kommunistla- ri 640.677 kishi bo’lgan. O’zbek xalqi tarixida 20-a.da yuz bergan ko’plab fo- Jiali sahifalar kommunistik partiya faoliyati b-n bog’liqtsir. Bu partiyaning mutlaqhukmronligi butun ittifoqda bo’lgani kabi O’zbekistonning ijti- moiy-siyosiy hayotiga ham salbiy ta’- sir ko’rsatdi. O’zbekiston partiya tash- kiloti respublika manfaatlarini hisobga olmasdan (ko’pincha bu manfa- atlarga zid keladigan) Moskvada ish- lab chiqilgan qarorlarni bajarib kel – Di. Ma’muriybuyruqbozlik usullari b-n ish olib borgan partiya qo’mitalari joylardagi har qanday mustaqil fikr va tashabbuslarni bo’g’ar, demokratik asoslarni yo’qqa chiqarardi. Markaz VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi orqali O’zbekistondagi vaziyatni boshqarib tur- gan. Keyinchalik respublikalarni bosh- karish uchun «ikkinchi kotib» tartiboti shakllantirildi. O’zbekiston KP MK va viloyatlarning partiya qo’mitalarida 2kotiblar qo’lida amalda butun qokimiyat to’plangan. Hukmron kompartiya rejimi- ga qarshi chiqqan barcha kishilar, o’zbek xalqining va o’z yurtining manfaatlari- ni himoya qilganlar qatag’onga uchradi (q. Repressiya). O’zbekiston mustaqillikka erishgach, mohiyat e’tiboriga ko’ra o’zbek xalqining milliy tabiati va kadriyatla- riga zid bo’lgan, chetdan zo’ravonlik b-n joriy etilgan kommunistik partiya FA- oliyati tuxtatildi. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 2kitob [O’zbekiston sovet mustamlaka- chiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale 20veka: k istorii istokov nasio- nalnoy nezavisimosti, T., 2000.