Sozlash

Sozlash — musiqa (asosan, torli) cholg’ularida tovushlar orasidagi munosabatlarni muayyan tartibga keltirish, musiqa cholg’ularining torlari va pardalarini ijro etadigan asarga moslashtirish. O’zbek xalq-cholg’u asboblar o’tmishda «Tanavar sozi» (kvarta), «Munojot sozi» (kvinta), «Qo’shtor sozi»ning sozlanishi (unison) kabi atamalar bilan nomlangan.