Spartak

Spartak (Spartacus) (? — mil. AV. 71) — qad. Rimda ko’tarilgan qullarning yirik qo’zg’oloni [mil. AV. 73 (yoxud 74) — 71] rahbari. Frakiyalik shohlar xonado- niga mansub bo’lgan. Rimliklarga asir tushib, qul qilib sotib yuborilgan va Kapuyadagi gladiatorlar maktabiga olin- gan. Bir guruh gladiatorlar (taxm. 70 kishi) bilan Vezuviyga krchgan. Tez ora- da uning lashkari qochoq qullar va ozod ijaradorlar hisobiga ko’payib 10 ming kishiga etgan. S.ga qarshi yuborilgan rimliklar otryadlari (dastlab 3 ming, so’ngra 10 ming kishi) tormor qilingan. Qo’zg’olon kampaniyadan Italiyaning Jan. viloyatlariga tez tarqalgan. S. o’z armiya- sini (taxm. 70 ming kishi) Apuliya va Lu- Kaniya tomon boshlagan. S. armiyasi Rim harbiy tartibotiga asosan tash- kil etilgan. S. qattiq harbiy intizom o’rnatgan. 72 y. Rim Senati S.ga qarshi 2 armiya yuborgan, biroq S. qo’shini ular- ni bo’lib yuborib, tormor keltirgan. S. armiyasi Adriatika dengizi sohili bo’ylab butun Italiyani va Tsizalpin Galliyasi (hoz. Shim. Italiya) ni bosib o’tgan va Mutina yaqinidagi jangda Rim prokonsuli Kassiy qo’shinini enggan. S.ning rejasi, aftidan, qullarni ita- liyadan olib chiqib ketish bo’lgan. Biroq Kassiy ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng u qo’shinni Jan. tomon qaytargan. Rimda qo’zg’olonchilarga qarshi kura- shish uchun 6 ta yangi Legion tashkil etiladi, qo’mondon etib yirik siyosiy arbob Krass tayinlanadi. Krass armiya- si qo’zg’olonchilar bilan jangga kirish- may, ularni ta’qib etgan. S. Sisiliyaga o’tib olish uchun kemalar etkazib berish haqida kilikiyalik qaroqchilar bilan kelishgan. Lekin qaroqchilar S.ni al- dashgan: S. armiyasi esonomon Messina bo’g’oziga etib kelganda, u ortidagi ita- liyadan ajralib qolgan (Krass dengizdan dengizgacha uz. 55 km, kengligi va chuq. 4,5 m xandaq qazishni, uni devor bilan mustahkamlashni buyurgan). Spartakchi- lar bu istehkomni yorib o’tganlar, shturm chog’ida qo’zg’olonchilarning taxm. 2/3 qismi halok bo’lgan. S. armiyani tezda to’ldirib uning sonini 70 ming kishiga etkazgan, so’ngra Brundiziya tomon yo’l olgan, maqsadi Gresiyaga o’tib olish edi. Rim Senati S:ka qarshi Pompey Gney va Mark Lukull boshchiligida qo’shin yubor- gan. Rim armiyalarini o’zaro qo’shilib harakat qilishlaridan xavfsiragan S. Krase bilan Apuliya va Lukaniya chegara- sida hal qiluvchi jang qilishga majbur bo’lgan (71 y. bahori). S. armiyasi (taxm. 60 ming kishi) tormor keltirilgan, S. jangda halok bo’lgan. Taxm. 6 ming qo’zg’olonchi Rimdan Kapuyaga boradigan yo’l bo’ylab o’rnatilgan dorlarga chormix- lab qo’yilgan. Qo’zg’olon tarqoqholda yana bir necha yil davom etgan. S. qo’zg’oloni Rimda hokimiyatni imperatorlik boshqaruvi shakli o’rnatilishini tez- lashtirgan. Chunki, quldorlar qulchilik tuzumini sakdab qolish uchun kuchli dav- lat hokimiyati zarurligini anglaganlar.