Stipendiya

Stipendiya (lot. stipendium — haq, maosh) — oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limida o’qiydigan talabalar, ishlab chiqarish.dan ajralgan xrlda i.t. ishi olib boruvchi aspirant, doktorant va malaka oshirish kurelari tinglovchila- riga har oyda muntazam berib turiladi- gan pul nafaqasi. O’zbekistonda S. davlat byudjetidan to’lab boriladi. Yangi qabul qilingan talabalarga kirish test savol- lari bo’yicha olgan ballari natijalariga qarab S. beriladi. Oliy o’quv yurti tala- balariga o’qitilayotgan o’quv fanlarini o’zlashtirish darajasiga karab S. mikdo- ri belgilanadi. Talabalarga S. mikdo- rini belgilashning tabaqalashtirilgan shakliga amal qilinadi va talabaning sessiya yakuni bo’yicha to’plagan umumiy reyting bali unga asos qilib olinadi. Bakalavr, magistr va aspirantlar uchun davlat S.larining turli shakllari jo- riy etilgan. Ularning eng yuqorisi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti S.sidir. 10 yo’nalish bo’yicha bakalavr (1993 y.dan), magistr (2002 y.dan) va 5 yo’nalish bo’yicha aspirant (1993 y.dan) larga beriladi. Shuningdek, O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomo- nidan oliy o’quv yurtlari bakalavrlari uchun muayyan yo’nalishlar bo’yicha Ali- sher Navoiy, Ulug’bek, Beruniy, Ibn Sino nomidagi davlat S.lari ta’sis etilgan. Mazkur S.lar oliy o’quv yurt- larida a’lo o’qiydigan, jamoat ishlari- da faol ishtirok etadigan, i.t. ishlari bilan shug’ullanadigan va belgilangan maxsus imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan yuqori kurs bakalavrlariga beriladi. Ayrim in-t va un-tlarning turli nomdagi (mas, Zamaxshariy, Behzod nomidagi) S.lari, jamg’armalar (mas, Amir Temur, sog’lom avlod uchun jamgar- malari)ning S.lari ham mavjud. Turli mulk shakllariga asoslangan korxona, firma, qishloq xo’jaligi. shirkatlari, qurilish, transport, aloqa tashkilotlari tomonidan oliy o’quv yurtlariga yuboril- gan talabalar, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga ana shu korxona, firma, shirkat, tashkilot- larning o’zlari shartnomada belgilangan miqdorda S. to’laydilar. Aspirant va doktorantlar S.sining mikdori oliy o’quv yurtlari, i.t. insti- tutlarining kategoriyalari hamda ular- ning aspirantura va doktoranturaga kirish arafasidagi maoshiga qarab bel- gilanadi. 2001 y.gacha kasbqunar kolleji o’quvchilariga ham S. berilgan. Asqarali Sulaymonov.