Stoletov Aleksandrr Grigorevich

Stoletov Aleksandrr Grigorevich [1839.29.7 (10.8), Vladimir — 1896.15(27).5, Moskva] — rus fizigi. Moskva un-tini tugatgan (1860), shu un-t o’qituvchisi (1866 y.dan), prof. (1873 y.dan). Asosiy ilmiy ishlari elektr va magnetizm hodisalari muammolariga oid. S. temirning magnit xossalarini o’rganib (1872), magnit qabulchanlikning magnit maydon kuchlanganligi- ga bog’liqlik egri chizig’i maksimum qiymatga ega bo’lishini ko’rsatgan. Elek- tromagnit va elektrostatik birliklar nisbatini anikdab, yorug’lik tezligiga yaqin qiymatni hosil qildi (1876). Tash- ki fotoeffekt hodisasi ustida kuzatish- lar olib borib (1889-99), fototok kuchi- ning yorug’lik intensivligiga bog’liklik qonuni (Stoletov qonuni)ni kashf etdi. S. fotoeffektni o’rganish bo’yicha olib borgan tajribalarda qo’llagan elektr sxema zamonaviy fotoelement timso- li bo’lib qoldi. Fotoeffekt hodisasi ustida olib borgan tekshirishlari uni jahonga tanitdi. S. gaz razryadi nazari- yasiga katta hissa qo’shdi, moddalarning kritik xrlatini va b.ni o’rgandi. Moskva un-tida fizika lab.ga asos soldi.