Stolipin Pyotr Arkadevich

Stolipin Pyotr Arkadevich (1862.5.4, Drezden — 1911.5.9, Kiev) — Rossiya davlat arbobi. Peterburg un-tini tugatgan (1884). 1889 y.dan Rossiya ichki ishlar ministrligida xizmat qilgan. Grodno (1902), Saratov (1903-06) guber- nyalari gubernatori, Rossiya ichki ish- lar ministri (1906 y. 26 apr.dan), ayni paytda Ministrlar Soveti raisi (1906 y. 8 iyundan). S. hukumat raisi bo’lgach, Rossiya qishloq xo’jaligi. asosida uning iqtisodiyotini tubdan isloh qilish g’oyasini amalga oshirishga kirishdi. Ros- siyada krestyanlar (dehqonlar)ga qishloq jamoasidan ajralib chiqib, ularga alox. ida chek erlari (tomorqa) ajratili- shi haqidagi farmon (1906 y. 9 noyab.), uning asosida III Davlat dumasining qonuni (1910 y. 14 iyun) qabul qilingach, islohotlar boshlandi. S. tashabbu- si va uning ishtirokida tayyorlangan islohotlar Stolipin islohoti sifatida mashxur bo’lgan. Unga ko’ra, dehqonlarga ajratilgan chek erlarni sotib olish va sotishga ruxsat berildi. Islohot davo- mida er tuzish ishlarida asosiy e’tibor dehqonlarning chek erlarida xutorlar tashkil etishga qaratilgan. Islohotdan ko’zda tutilgan yana bir maqsad Ros- siyaning Markaziy gubernyalaridan dehqonlarni Sibir, Ural, Oltoy, tur- kiston va b. chekka o’lkalarga ko’chirish bo’lgan. Podsho Rossiyasining ko’chiruvchilik siyosati oqibatida S. islohoti paytida Turkiston o’lkasida rus Ag’olisining soni 20-a. boshlarida 197 420 kishi- ga etgan (19-a. oxirlarida ular 70 745 kishi bo’lgan), ularning aksariyati hoz. Qozog’iston va Qirg’iziston hududlariga, Farg’ona vodiysiga joylashtirilgan. S. suiqasd natijasida o’ldirilgan. Ad.: Rossiya na rubeje vekov: istoricheskie portreti, M., 1991; O’zbekistonning yangi tarixi, 1-kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachi- ligi davrida], T., 2000.