SULAYMON MIRZO

SULAYMON MIRZO (15141590, Lohur) — Badaxshon xoni (1526 y.dan). Temuriylardan. Sulton Vays Mirzo (Mirzoxon) (1485 -1526)ning o’g’li. Bobur u ni otasi vafotidan so’ng hokim qilib tayinlaydi. Humoyun davrida ham Badaxshonni boshqargan. S.M. tabiatan xushfe’l, hazilmutoyibaga moyil kishi bo’lgan. «Zukko» taxallusi bilan fors va turk tillarida g’azallar yozgan. S.M.ning Haram begim ismli xoti- ni davlat ishlarida unga maslahatchi bo’lgan. S.M. o’g’li Ibrohim Mirzo bilan Badaxshonni boshqargan. Humoyunshoh vafotini eshitgach, o’g’li bilan 1556 y. Kobulni bosib olish maqsadida qo’shin tortib, shaharni 4 oy qamal qilgan. Biroq Akbar Kobul hukmdori bo’lgan ukasi Muhammad Hasan Mirzoga yordam- ga bir necha sarkardalarini yuborgan. Sm. bundan xabardor bo’lgach, Badaxshon- ga qaytgan. 1559 y. Balxni egallash uchun yurish boshlagan, lekin mag’lub bo’lib, jangda o’g’li Ibrohim Mirzo asirga oli- nib, qatl qilingan. S. M. Kobulga 4 Mar- ta samarasiz yurish qilgan. Uzoq yillar Qunduz viloyatidagi isyonni bostirish uchun kurash olib borgan. Davlat 2 ga bo’linganligi, nevarasi (Shohrux Mir- zo)ga qarshi kurashmoqqa qurbi etmasli- gini bilgach, muqaddas joylarni ziyorat qilish bahonasida (1575 y.) Badaxshonni Shohruh Mirzoga tashlab ketadi. Makka- da 5 yil turadi. Qaytib kelgandan key — in ham bobo bilan nevara o’rtasida ku- rash davom etgan. S. M. kuyovi Muhammad Hakim Mirzo bilan 2 yil davomida jang qilgan, natijada 1580 y.da sulh tuzilib, Toliqondan Hindukushgacha bo’lgan erlar Sm. tasarrufiga kirgan. Badaxshonda yana qo’sh hokimiyat vujudga kelgan. Har 2 tomonning kuchsizlanishidan foyda- langan Buxoro xoni Abdullaxon II Badax- shonga hujum qilib uni zabt etgan. S.M. va Shohrux Mirzo Akbar huzuriga, Agra- ga ketishgan. Ad. Fayziev T., Temuriylar shajara- si, T., 1995; M uham madjono v A., Temur va Temuriylar saltanati, T., 1994.