SULTON ALI XUROSONIY

SULTON ALI XUROSONIY (??) — xurosonlik tabib. 15-a.ning 2-yarmi va 16-a.ning 1-yarmida yashab ijod etgan. O’rta Osiyoning bir qancha shaharlarida, jumladan, Samarqandda uzoq muddat yashagan. Ko’p yillik tajribalari aso- sida «dastur uliloj» («kasalliklarni davolash bo’yicha qo’llanma», Samarqand, 1526) va «Muqaddimayi dastur uli- loj» («kasalliklarni davolash bo’yicha ko’llanmaga muqaddima») asarlarini yoz- gan. «Dastur uliloj»da turli kasalli- klar va ularni davolash yo’llari haqida ma’lumot berilgan. «Muqaddiymayi da- Stur uliloj»da esa tabobatning umumiy masalalari — sog’liqni saqlash, odam a’zolarining sog’va kasallik vaqtidagi holati, qon tomirlari hamda kasallik bo’hroni (krizisi) haqida fikr yuri- tilgan. «Muqaddimayi dastur uliloj» asari fors tilidan o’zbekchaga tarji- ma qilingan. Uning 19-a. boshlarida ko’chirilgan bir nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tining qo’lyozmalar fondida saqlanadi.