Sun’iy buyrak

Sun’iy buyrak, gemodializator — xastalangan buyraklarning chiqaruv funktsiyasini vaqtincha o’taydigan appa- rat. Asosiy vazifasi o’tkir va surunkali buyrak etishmovchiligida suv elektro- lit va kislotaishqor balansini, qon tarkibini normal saklash, moddalar almashinuvi mahsulotlarini va turli zaharlanishlardan hosil bo’lgan toksin- larni, shuningdek, shishganda organizm- dagi ortiqcha suvni chiqarib tashlashdan iborat (gemodializ). Amerikalik olim Abel 1913 y. dia- Liz apparati kashf qilib, tajribada si — nab ko’rdi. Keyinchalik gollandiyalik V. Kolf (1944 y.) Berk bilan hamkorlikda klinik talablarga birmuncha javob bera oladigan SB. ixtiro qilib, amaliyotda ilk bor qo’lladi. S.b.ning ishlashi moddalarning qon va Dializlaydigan maxsus eritmadagi kontsentrasiyalari farqi tufayli yarim o’tkazuvchi membranadan o’tisho’tmaslik xususiyatiga asoslangan: oqsillar, qonning shaklli elementlari, bakteri- yalar, mol. m. si 30000 dan katta bo’lgan moddalar membranadan o’tmaydi; azotli chiqindilar — mochevina (siydikchil), siydik kislota, kreatinin kabi orga- nizmni zaharlovchi moddalar esa mem- branadan to’siqsiz o’tib, maxsus erit- maga ajratib olinadi. SB. Ishlaganda bemorning bilak venasidan nasosmexa- nik yurak yordamida venoz shunt orqali so’rilayotgan qon dializator kapillyar- lari orqali o’tadi. Kapillyarlar sirti boshqa nasosdan beriladigan dializlov- chi eritma bilan yuvib turilishi natija- sida qon chiqindilardan tozalanadi. Arterialvenoz (Avsh) bemorni SB. apparatiga ulash vositasi bo’lib, keyin- chalik takomillashtirildi va arterial- venoz fistula (avf) ixtiro qilindi, lekin bu usulda tomirlarning varikoz kengayishi, venoz qon oqimining buzi- lishi kabi noxush holatlar kuzatiladi. Avfning kamko’stsiz varianti «Toshkent buyrakni ko’chirib o’tkazish markazi»ning olimlari — akad. O’.Oripov va shogird- lari tomonidan hal qilindi (1971 y.). Surunkali buyrak kasalligi bor bemor- larda ambulatoriya sharoitida zamonaviy Avf yordamida gemodializ o’tkazish keng yo’lga qo’yildi. Hoz. Avf hosil qilishning ama- liyotda turli modifikasiyalari ishlab chiqiddi. Bemorlarni zudlik bilan Ge- modializga tayyorlash maqsadida (yuqori darajadagi uremiya, gipergidratasiya, giperkaliemiya) ularning Markaziy vena- siga (o’mrov osti, son venasi, bo’yinturuq venalari) ikki yorikli kateter o’rnatish keng qo’llanila boshlandi. Gemodializ seanslari 4-8 soat davom etib, bu vak- tda qon ivib qolmasligi uchun unga Gepa- rin moddasi qo’shib turiladi. Gemodia- Liz bilan davolashning boshlang’ich dav- rlarida turli xil gemorragik asoratlar- ning oldini olish maqsadida gemodializ seanslari regionar geparinizasiya (Pro- tamin sulfat) bilan olib boriladi. Gemodializ muolajasi samarador- ligi gemodializatorlarni dializlovchi yuzasi maydoniga bog’liq. Dializator texnik xususiyatlarining yaxshilani- shi, S.b. apparatlarining takomillash- tirilishi, qonning dializator orqali aylanib o’tishi tezligining oshishi (Avf takomillashishi) gemodializda- gi bemorlar hayotining uzayishiga olib keldi. Shuningdek, bemorlarni davola- nishga psixologik tayyorlash ham katta ahamiyatga ega. Respublikamizning har bir viloyati- da gemodializ markazlari bor. Toshkent sh.da 6 ta ixtisoslashtirilgan gemodia- Liz markazi faoliyat ko’rsatadi, ularda zamonaviy S.b. apparatlari o’rnatilgan. Anvar Zufarov, Iskandar Yo’ldoshev.