SUV OSTI ARXEOLOGIYASI

SUV OSTI ARXEOLOGIYASI — qadim va o’rta asrda kema cho’kishi yoki tektonik hodisalar natijasida suv ostida qolib ketgan moddiy madaniyat yodgorliklarini o’rganuvchi arxeologiya sohasi. S.o.a. bo’yicha dastlabki qidiruv ishlari 1904 y. Egey dengizi (Gresiya) da professional g’avvoslar ishtiroki- da amalga oshirilgan. Akvalang kashf qilingandan keyin arxeologlarning o’zlari ham bevosita suv ostida qolib ketgan shaharlarni o’rgana boshlagan — lar. S.o.a. O’rta Osiyoda qirg’iz arxeo- loglari tomonidan qo’llanilib, ular Issiqko’l tubida qolib ketgan o’rta asr shaharlarini o’rganganlar.