SUVNI ZARARSIZLANTIRISH

SUVNI ZARARSIZLANTIRISH — aholini etarli va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash (q. Suv ta’minoti) hamda inson salomatligiga ziyon etkaz- maslik maqsadida xo’jalikda ishlatila- digan va ichimlik suvni mikroorganizm- lardan tozalash. S.z. kimyoviy va fizik usullar yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga qaynatish, ultrabi- nafsha nurlar, gamma nurlari va Ultra- tovushlar yordamida zararsizlantirish kiradi. Bunda suvni ichimlik suvining sifat darajalariga javob beradi gan talabga keltirish mumkin. Qaynatish S.z.ning muhim usullaridan bo’lib, bu jarayonda suvdagi barcha mikroorganizm- lar o’ladi va suvning tabiiy mazasi bu- zilmaydi. Lekin ko’p miqdordagi suvni kaynatish imkoni yo’q, shu sababli bar- cha mamlakatlarda vodoprovod suvlari xlorlab zararsizlantiriladi. Suvni xlorlash birinchi marta 1910 y.da amalga oshirilgan. Bu usul aholi salomatligini saqlashda katta ahamiyatga ega ekanligi aniklangandan so’ng u keng ko’lamda yo’lga qo’yildi. Suvni xlorlashning samaradorligi suv muallaq moddalardan to’liq xalos qilinishiga, xlorning optimal dozasi to’rri tanlanishi va xlor bilan suvning to’lato’kis aralashish vaqti (30-60 min) ni to’g’ri tanlashga bog’liq. Xlor suvga qo’shilgach, faqat mikroblar bilan emas, balki organik moddalar bilan ham reak- tsiyaga kirishishi hamda muallaq modda- larga yutilishi mumkin. Shuning uchun suvga qo’shiladigan xlor mikdorining optimal dozasi tajriba yo’li bilan to’g’ri tanlab olinishi zarur. Keyingi yillarda suvni xlorlash- ning yangi usullari topildi. Bunda elektrolit sifatida maxsus tayyorlangan natriy xlorid eritmasi, yukrri mine- rallashtirilgan er osti suvi yoki dengiz suvidan foydalanish mumkin. Bunda gi- poxlorid elektroliz yo’li bilan vodo- provod stantsiyasida S.z. uchun ishlatila- Di. Bu usul iqtisodiy jihatdan tejam- li. Rivojlangan mamlakatlarda suvni ozon yordamida zararsizlantirish keng yo’lga qo’yilgan, bunda eng katta suv tarmog’i inshootlarida suv ozon bilan zararsizlantiriladi. Ozon fakat bak- teriosid xususiyatga ega bo’lib qolmay, balki suvning organoleptik xususiyatla- rini ham yaxshilaydi. S.z.da qo’llanadigan noyob usullar- ga suvni ultrabinafsha nurlar bilan, simobkvars yoki simobargon lampalari yordamida zararsizlantirish kiradi. Bu usullarning barchasi inson salomatligi- ni muhofaza qilishga qaratilgan. Go’zal Iskandarova.