TELLURIY

TELLURIY (lotincha tellus yer) yerning Quyosh atrofidagi yillik harakati va o’z o’qi atrofidagi sutkalik aylanishini namoyish etuvchi o’quv asbobi. Telluriyda yerni ifodalovchi kichikroq sharcha bo’lib, u Quyoshni ifodalovchi kattaroq sharcha atrofida, ya’ni yorug’lik manbai (masalan, reflektorli lampochka) atrofida aylanadi. Telluriyda ba’zan yer atrofida aylanuvchi va oyni ifodalovchi juda kichik sharcha bo’lib, bu sharchalar yordamida yer, Quyosh va oyning harakati namoyish etiladi.