Teplovoz
Teplovoz — ichki yonuv dvigateli (dizel) o’rnatilgan tortuvchi kuch mashinasi; Lokomotiv. Issiklik dvigatelidan t.y.da foydalanish yuyasi 19-a. oxirlarida o’rtaga tashlangan. 20-a. 20-y. larigacha T.ning bir necha turi yaratildi. Korxona ichida yuk tashishda ishlatiladigan avtodrezina, motovozlar dastlabki T.lardir. Birinchi T. Germaniyada 1912 y. sinab ko’rilgan. 1922 y. rus muhandisi A.N.Shelest T.ning mexanik uzatmasi konstruktsiyasini yaratdi (lekin uning g’oyasi 1950 y. Shvesiyada amalga oshdi). SSSR da ya. M. Gakkel konstruktsiyasi bo’yicha dunyoda birinchi magistral T. 1924 y. yaratildi. Keyinchalik T. konstruktsiyasi takomillashtirib borildi. 1932 y. birinchi magistral elektrovoz yasaldi. T. ning asosiy qismlari: dvigatel, kuch qurilmasi, ekipaj qismi, yordamchi jihozlar. Mashina bo’limiga o’rnatilgan dvigatel yonilg’i (dizel yonilg’isi)ning issiklik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uni mexanik, gidravlik yoki elektr kuch qurilmasi orqali g’ildirak juftlariga uzatadi. Elektr kuch qurilmali T. eng ko’p tarqaldi. Bunda asosiy dvigatelning tirsakli Vali bosh elektr generator yakorini, tishli uzatma orqali esa g’ildirak juftlarini aylantiradi. T. ning magistral (yuk va yo’lovchilar uchun mo’ljallangan) va manyovrchi (vagonlarni saralash va poezdlar tuzish uchun mo’ljallangan) xillari bor. Magistral T.lar dvigatelining quvvati 6000 kVt gacha, tezligi 160 km/soat ga etadi, manyovr T.larining quvvati 300-1000 kVt. Dvigatelning quvvatiga qarab, 6-20 tsilindr 1-2 qator yoki Vsimon qilib joylashtiriladi. Porshen yulining tsilindr diametriga nisbati 0,9—1,4. T. dvigetalining ishi aylanish chastotasi va kuvvat rostlagichlari hamda suv, moy trasi rostlagichlari yordamida avtomatlashtiriladi. Ekipaj qismi asosiy rama, g’ildirak juftlari, buksa (gupchak) va ressorali osmalar o’rnatiladigan ikki, uch yoki to’rt o’qli telejkalardan iborat. Mashina qismida dvigateldan tashqari asosiy generator, kompressor, akkumulyatorlar batareyasi, filtr va b. joylashtiriladi. T. bir, ikki, uch va turt sektsiyali (kuzovli) bo’ladi. Barcha sektsiyalar birinchi sektsiyadagi pultdan boshqariladi. Parovoz T. ning o’tmishdoshi, elektrovoz uning istiqboli. Hozir t.y.da, asosan, T. va elektrovozdan foydalaniladi.