Terak

Terak (Populus L.) — toldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, 100 dan ortik, turi bor. 30 ga yaqin turi Evrosiyo, shim. Amerika va shim. Afrikada Tarkalgan. O’zbekistonda T.ning ko’kyaproqli T. yoki zangori bargli T. (P. pruinosa Schrenk), Furot T.i (P. euphratica Olid.), mirzaterak (P. nigra L.), afg’on T.i (R. afghanica), oq terak (P. alba), Baxofen teragi yoki Ko’kterak (P.bachofenu Wierzb.) turlari o’sadi. Mirzaterak, Ko’kterak, Oqterak turlari ko’p ekiladi. T.larning ba’zi turlari bo’yi 30— 45 (ba’zan 60) m gacha, diametri 1,5 (ayrim daraxtlariniki 3) m gacha etadi. T.lar tanasi tik, shoxshabbasi tuxumsimon, piramidasimon, keng ovalsimon bo’ladi. Barglari bandli, ketmaket, barg plastinkasi yaxlit yoki kertikli, nashtarsimon. Kuchalasi tsilindrsimon, boshoqsimon to’pgul, gullagandan keyin to’kiladi. Guli bir jinsli, ikki uyli. Aksariyati barg yozishdan oldin, ba’zilari barg yozgandan keyin gullaydi. Urug’i ko’sakcha, shamol va suv yordamida tarqaladi. Nam tuprokda tez unib chiqadi. T. issiqsevar, yorug’sevar, sovuqqa bardoshli (mas., mirzaterak) o’simlik. Sernam va unumdor tuproklarda tez etiladi, lekin ba’zilari sho’rxok tuproqni xush ko’rmaydi. T. qisqa umrli (25-30 yoshgacha yaxshi rivojlanadi) daraxt bo’lsa ham 150-200 yil umr ko’radiganlari g’am (mirzaterak va oqterakning ayrim daraxtlari) bor. Terakzorlar sof va aralash holda tashkil etiladi. Qayir erlar sharoitida T. qayrag’och, qandag’och va butalar bilan birga etishtiriladi. O’rmonchilik rivojlangan mamlakatlarda T.ni ko’paytirishda yangi yig’ib olingan urug’lari sepilib, dastlab ko’chat (1 ga maydondan 400-500 ming tup) olinadi. Bir yillik ko’chatlardan 2yili terakzorlar barpo etiladi. O’zbekiston sharoitlarida bir yillik novdalardan olingan kalamchalardan (uz. 30— 35 sm) ko’paytiriladi (yo’l yoqalari, ariqbo’ylariga bir qatorlab ekilganda tuplar orasi 0,8—1 m, terakzorlarda 0,8—1xz m sxemada ekiladi), ildizidan bachkilab, to’nkasidan o’sib chiqib ham ko’payadi. Qulay sharoit bo’lsa va terak etishtirish texnologiyasiga rioya etilsa, 25-30 yoshida gektaridan (O’zbekistonda, hatto 15-20 y.da) etilgan (8-10 yoshi-da ishga yaroqli) 500-900 m3 gacha yog’och olinadi. T.lar turlari tez o’sishi, manzarali bo’lishi va joy tanlamasligi sababli ihota va o’rmon muhofazasi, ko’kalamzorlashtirish ishlarida muhim ahamiyat kasb etgan (q. Dala ihota o’rmonzorlari). T. yog’ochi imorat qurilishida, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoatida ishlatilishidan tashqari tsellyulozaqogoz sanoati uchun muhim xom ashyodir. Uning yog’ochi gidrolizlanib etil spirta olinadi. T. tsellyulozasidan gazlama, kord tolasi tayyorlanadi. Gugurt ishlab chiqarish.da ishlatiladi. T., asosan, ihota o’rmonlar hosil qilish uchun ko’p ekiladi. Keyingi yillarda O’zbekistonda imoratbop qurilish materiallari olish maqsadida terakzor maydonlar ko’p tashkil qilinmoqda. Amerika va Evropadan tez etiladigan T. navlari keltirib ekilmoqda.O’zrvazirlarmahkamasining 1994 y. 8 Fev.dagi «sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o’suvchi yog’ochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid choratadbirlar to’g’risida»gi qarori e’lon qilinib, mamlakat hududida har yili 10 ming gektar maydonda terakzorlar tashkil etish rejasi belgilangandan keyin bu sohaga, terakchilikka jiddiy e’tibor berila boshlandi. Ad.: Ozolin G.. Shamsiev Q., Stipinskiy V., O’zbekiston teraklari, T., 1992. Sulton Xolnazarov.