Tokembriy

Tokembriy — er tarixida birinchi geologik formasiyalar paydo bo’lishidan kembriy sistemasi (davri) tacha o’tgan davr. T. Er tarixining 6/7 kismini tashkil qiluvchi vaktini va er po’stining shu davrda hosil bo’lgan qad. qatlamlarini o’z ichiga oladi. Bu davrning geologik tarixi uzoq vaqt fanga noma’lum bo’lib kelgan. Faqat 20-a. ning boshlaridagina T. stratigrafiyasi va geoxronologshgsini o’rganishda radiometrik metodlar qo’llanila boshladi. T. bizga ma’lum bo’lgan 3500 mln. yoshga yakin qad. geologik jinslar hosil bo’lgan davrdan to kembriy davri boshlanishiga qadar 2900 mln. yildan ortiq vaqt davom etgan. 19-a.ning 2yarmida shim. Amerikada tarixiy geologik ma’lumotlar, jinslarning metamorfizm darajasi va b. belgilari asosida T.ni arxey yoki arxeozoy va proterozoy ga bulish taklif etilgan. Ular orasidagi chegara, bundan 2500-2700 mln. yil ilgari yirik burmalanish va granitlanish davriga tug’ri keladi. T. yotqiziqdari barcha qitalarda: Sharkiy Evropa, Sibir, Jan. Xitoy va Hindiston, shuningdek, shim. Amerika, Afrika, Avstraliya va Antraktidaning qad. platformalarida tarqalgan. Yuqori T. hosilalari, ko’pincha, qad. platformalar cho’kindi qoplamining quyi qismini tashkil qiladi. Ular, tarkibida, hatto kuchsiz metamorfizm ta’sirida emiriluvchi glaukonit va b. minerallar saklangan, kamroq o’zgargan jinslardan tarkib topgan. Quyi T. hosilalari gneys, migmatit, turli kristalli slaneslar, amfibolitlar, qisman jespilit, kvarsit va marmarlardan iborat. Ular qalin qatlamlarni tashkil qiladi. Bu esa, qatlamlarda quyi T.da barcha materiklarda keng tarqalgan harakatchan rivojlanish (geosinklinal)dan dalolat beradi. Quyi T. oxirida platforma tipidagi formasiyalar paydo bo’lgan. Yuqori T. formasiyalari turiga ko’ra, paleozoy formasiyalari turiga yaqin turadi, ular kvars qumtoshlari va kvarsitlar, gilli slaneslar va fillitlar, turli vulkanogen jinslar, stromatolitli dolomitlar va ohaktoshlardan tarkib topgan kalin qatlamlardan iborat. T.ning eng oxirida molasslarga o’xshash jinslar qatlami paydo bo’lgan. T. yotqiziklarida fanerozoyning stratigrafik shkalasini tuzishda asos bo’lib xizmat qiladigan skeletli hayvonlar yo’q, shunga qaramay organik hayot izlari ko’p. Ko’kyashil suvo’tlar (stromatolitlar) va bakteriyalar (onkolitlar)ning hayot mahsullari mavjud. T. qatlamlarida il-Gari spora deb hisoblangan suvo’tlardan kelib chiqqan juda mayda (50 ts o’lchamli) yumaloq tanachalar («akritarx» yoki «sferomorfid»lar) uchraydi. Hayvonot dunyosi o’simliklarga qaraganda kam taraqqiy etgan. T.ning ko’pgina toshqotgan jinslari etarlicha aniqlanmagan. Avstraliya, Jan. Afrika qumtoshlarida kamdankam uchraydigan noyob topilmalar vendning hayvonot dunyosi ancha boy bo’lganligidan dalolat beradi. O’rta Osiyo, Qozog’iston, Uzoq Sharq bukilmali sistemalarida ham T. davriga mansub jinslar aniqlangan. Bu erlarda quyi T., shuningdek, rifeyga oid yotqiziqlar mavjud bo’lib, ular cho’kindi va vulkanogen geosinklinal qatlamlarni tashkil etadi. O’zbekistonda T. majmuasi quyi va yuqori proterozoy yotqiziqlaridan tashkil topgan. Quyi proterozoy Kosonqoraterak (Teraksoy, Semizsoy svitalari) rnida, Boysuntog’da (Qoratosh, Xujabo’zbarak, aylangar, shotut svitalari), Tomditog’da (Uchquduqtog’, Yurgantog’svitalari), Bo’kantog’da (Cholcharatog’va qumloq svitasining quyi qismi). Ular gneys, kristalli slanes, amfibolit, kvarsit, marmarlardan tarkib topgan, tirik mavjudot qoldiqlari topilmagan. O’zbekiston g’arbida o’rta va yuqori rifey yotqiziqlari topilgan. Turli xil kimyoviy elementlar (oltin, uran, selen, vanadiy, molibden va b.) ning kontsentrasiyasi yuqori. Bu esa shu regionda sanoat ob’ektlarini shakllanishiga sababchi bo’ladi. O’zbekistonning T. kesmalarida topilgan rifey biotasi qoldiqlarining boy majmui va birgalikda topilgan turli guruhlar uzoq o’tmishning geologik voqealari to’g’risida juda qiziqarli ilmiy ma’lumotlar beradi. Bu esa, Jan. Tyanshanning qad. geologik rivojlanishi tarixini yangicha talqin qilishga imkon yaratadi. O’zbekistonda T. qatlamlari borligini ilk bor geolog olim M. A. Ahmadjonov aniqlagan. T. foydali qazilmalarga juda boy. Bu davr yotqiziqlarida temir rudalari (temir kvarsitlari, jespilit), alyuminiy xom ashyosi (kianit, sillimanit), marganes, oltin va uran, mis, nikel, kobalt rudalari, qo’rg’oshinrux, slyuda (muskovit), keramika xom ashyosi va Nodir metallar (T.ning eng keying hosilalarida qad. neft konlari) bor.