Topaz
Topaz (Yun. topazos — Kizil dengizdagi Orol nomidan) — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4][OH,F]r Fe2Q, Fe3Q, Ti, Cr, V va b. aralashmalarga ega. Romb singoniyada kristallanadi. Rangsiz, och sariq, och havo rang, pushti bo’lib, nur ta’sirida o’zgaradi. T.ning 60-80 kg dan 120 kg gacha bo’lgan kristallari ma’lum. Qattikligi 8, zichligi 3,4—3,6 g/sm3. T. asosan, rangli pegmatit va pnevmotolit konlarida dala shpati, kvars, turmalin, berill, volframit, kassiterit bilan birga, ba’zan esa sochmalarda uchraydi. T. ning piknit, fizalit (pirafizalit) kabi turlari mavjud. Shaffof T. — uchinchi tartibli qimmatbaho tosh. T.li jinslar (greyzenlar) olovbardosh material sifatida ishlatiladi. T. konlari Ukraina, RF (Ural), Braziliya, Madagaskar va Yaponiyada mavjud. O’zbekistonda Qurama, Chatqol va Markaziy Kizilkum tog’laridagi feyzenlarda uchraydi.
O‘xshash so‘zlar
- TOPIKA
- Topinambur, ernok
- Topishmoq, topmacha, jumboq, matal
- Topivoldiev Mamadali
- Topografik anatomiya
- Topografik plan
- Topografik s’yomka
- Topografik shartli belgilar











