Topografik plan

Topografik plan – joy konturlari va relefining kichraytirib, o’ziga o’xshash holda, yer sferikligini hisobga olmay qog’ozda tasvirlangan gorizontal proektsiyasi. Topografik planda joyning predmet va konturlari mopoerafik shartli belgilar bilan, relef esa gorizontallar bilan tasvirlanadi. Topografik planda masshtab o’zgarmas, konturlar tasviri esa, ularni joydagi holati (qiyofasi) bilan o’xshashligini saqlagan bo’ladi. Topografik plan 1:5 000, 1:2 000, 1:1 000, 1:500 masshtablarda, asosan, joyning topografii s’yomkasini bajarish bilan yoki ayrim holatlarda xaritafafik materiallar asosida tuziladi. Topografik plan vazifasi xilmaxil bo’lib, asosan, shahar va aholi yashash joylarining bosh planini ishlab chiqish, yer kadastrini olib borish va boshqa maqsadlar uchun topografik asos sifatida xizmat qiladi.