Topozero

Topozero — Rossiya Federatsiyasi Kareliya Respublikasining shimoliy qismidagi ko’l. Maydoni 986 km2. Chuqurligi 56 metrgacha. 109 metr balandlikda. Shimoliy va shimoliy g’arbdan Janub va Janubi sharqqa cho’zilgan. Topozeroda 150 ga yaqin orol bor (umumiy maydoni 63 km2). Muzlik tektonik yo’l bilan hosil bo’lgan. Kanal va Pongoma daryosi orqali oq dengiz bilan tutashgan. Asosan, qordan to’yinadi. Topozero suvi tiniq va chuchuk. Oktabr oxiri — noyabrda muzlab, may oyida eriydi. Sathi iyunda eng yuqori, aprelda eng past. Kum GES qurilganidan keyin (1966) Kum suv omborining tarkibiy qismi bo’lib qoldi. Yog’och oqiziladi. Baliq ovlanadi.