Toposentrik koordinatalar

Toposentrik koordinatalar — koordinatalar tizimida kuzatilayotgan nuqta yoki boshqa ob’yekt (yo’ldosh, samolyot va boshqalar) larning fazodagi vaziyatini aniqlovchi uch kattalik; bunda uning boshlanishi yer sirti (toposentr) dagi kuzatish punkta bilan mos tushadi. Astronomiya, astrometriya, geodeziya va yo’ldosh geodeziyada kuzatuv natijalarini ishlab chiqishda qo’llaniladi. Asosiy koordinata tekisligining tanlanishiga ko’ra, ekvatorial, gorizontal va orbital Toposentrik koordinatalar xillari bor.