Toshkent viloyati

Toshkent viloyati — O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli sharqida. 1938 yil 15 yanvarda tashkil qilingan. Shimol va shimoli g’arbdan Qozog’iston Respublikasi, shimoli sharqdan Qirg’iziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, Janubdan Tojikiston Respublikasi, Janubi g’arbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km2. Aholisi (Toshkent shaxri aholisisiz) 2,4 million kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Buka, Bustonliq, Zangiota, Oqqo’rg’on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo’l, O’rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Bo’ka, Do’stobod, Keles, Olmaliq, Oqqo’rg’on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, To’ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyo’l, Yangiobod, G’azalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Bo’zsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyabo’g’iz, Chig’iriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangichinoz, Yangihayot, O’rtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yig’ini bor. Markazi — Toshkent shahri. Tabiati. Viloyatning shimol va shimol Sharqiy qismlari G’arbiy Tyanshan tog’lari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom tog’lari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Adelung tog’i (4301 metr). Chatqol va Qurama tog’lari orasida Ohangaron daryosi kesib o’tgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan tog’ oldi tekisligi (Chirchiq—Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron Daryo vodiysi, Qurama tog’i, Angren—Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qo’rg’oshin, alyuminiy xom ashyosi, qo’ng’ir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868 yilda Toshkentda bo’lib o’tdi va 1966 yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda. Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 1,3°, -1,8°, eng past temperatura -34° (tekislikda), -38° (tog’ etaklarida), iyulning o’rtacha temperaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43— 47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, tog’ oldilariga 350-400 mm, tog’larda 500 mm yog’in yog’adi. Yog’inning ko’p qismi bahor va qishda yog’adi. Qor tog’lardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — o’rta oqimi, uzunligi 125 kilometr va uning irmoqlari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan tog’laridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sug’orish ishlarida foydalaniladi. Sug’orish kanallari: Bo’zsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqalar. Tuyabo’g’iz suv ombori («Toshkent dengizi»), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor. Tuproqlari: tekislikda bo’z tuproq, tog’ etaklarida (500-600 metr balandlikkacha) tipik bo’z tuproq, undan balandroqda chimqo’ng’ir, yuqrrirokda o’tloqidasht tuproq, Daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda o’tloqi va botqoq tuproq, Daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi to’la haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Tog’ etaklari va tog’larda (1200— 1400 metr balandlikkacha) tog’dashtlari, yuqoriroqda siyrak archazorlar, 2000 metrdan balandda subalp va Alp o’tloqlari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; tog’ etaklari va tog’larning o’rtacha balandliklarida Olmazor va yong’oqzorlar uchraydi, tog’olcha o’sadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qo’shoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqalar, Sirdaryo to’qaylarida chiyabo’ri, tolay quyoni, qobon; tog’ etaklari va tog’larda ayiq, tulki, tog’qo’yi, jayra, bo’rsiq, kaklik, to’rg’ay, archa boltatumshug’i va boshqalar, tog’ daryolari va jilg’alarda qora baliq, Osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida «Chimyon», «Burchmulla», «Bog’iston», «Xumson», «Oqtosh» kabi bolalar oromgoxlari, iqlimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 kilometr uzoqlikda «Toshkent mineral suvlari» balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida Ugomchatqol milliy bog’i (maydoni 574 ming gektar) tashkil etilgan. Boshqizilsoy bo’limida meteorologiya stansiyasi (1956 yildan) faoliyat ko’rsatadi. Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yo’lidagi ilmfan, hunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bo’lgan. Xo’jakent yaqinidagi g’ordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi. Vohaning iklim sharoiti, sersuvligi, daryo bo’yi va tog’oldi mintaqalarining yovvoyi o’simliklar va hayvonot dunyosiga boyligi kdd. tosh davridayoq odam yashashi uchun qulay imkoniyat yaratgan. Toshkent viloyatining qadimgi aholisi to’g’risida miloddan avvalgi 5—2-asrlarga oid Yunon, Xitoy va boshqalar. Sharq manbalarida ba’zi ma’lumotlar saqlanib qolgan. O’lkani arxeologik jihatdan 19-asrda N. I. Veselovskiy, A. A. Divaev, N. P. Ostroumov, E. T. Smirnov va boshqalar o’rgandilar. 1920-30 yillarda M. V. Voevodskiy, G. V. Grigorev, V. D. Jukov va A. I. Terenojkinlar, 1941 yildan M. E. Massoy rahbarligida O’rta Osiyo unti arxeologiya kafedrasi a’zolari, 1950 yildan O’zbekiston faning arxeolog olimlari Ya. F. G’ulomov, O’. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekshiruv ishlari olib bordilar. 1958 yildan Toshkent viloyatining o’rta asr shaharlari va qadimgi konlarini Yu. F. Buryakov, 1966 yildan Toshkent shahrini V. A. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravishda o’rgangan. Ko’p yillik tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati arxeologik xaritasiga 760 ta qadimgi manzilgoh, shahar va qishloq xarobasi, qadimgi konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari tushirildi. Toshkent viloyatida ibtidoiy odamlar qoldirgan dastlabki izlar paleolit davriga to’g’ri keladi. Bu davrga oid odamlar yashagan gorlar va ochiq manzilgohlardan biri Ko’lbuloq makonidir. Ko’lbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qo’shsoydan qadimgi tosh qurollar yasalgan ustaxona topilgan. Muste davriga oid manzilgoxlar Obirahmat g’orildm, Xo’jakent qishlog’i yaqinidan, Chirchiq vohasida esa Qoraqamish va Sho’ralisoydan topilgan. Yangi tosh davri (neolit) ga oid ashyo Toshkent shahrining garbida Qo’shilish degan joydan topilgan. Bu davrda qurollar maydalashgan va soni ko’paygan. Toshkent viloyatining jez davri (miloddan avvalgi 2-ming yillik) topilmalari Andronovo, Tozabog’yop madaniyatiga oiddir. Tosh va to’kma tuproqdan qilingan qabriston qo’rg’onlar Chirchiq va uning irmoqlari bo’yida, Obirahmat, Burchmulla qishloqlari, Iskandar shaharchalarida ochilgan. Qabrlardan Andronovo madaniyatiga xos qo’lda yasalgan sopol idishlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jez davridan boshlab rangdor va qimmatbaho metallar tog’yon bag’ridagi konlardan qazib olina boshlagan. Temir davrida viloyat hududida skif qabilalarning sakmassaget Ittifoqiga kirgan elatlar yashagan. Ularga tegishli yodgorliklar miloddan avvalgi 6—4-asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burchmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idishlar, tosh va kumushdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Chirchiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib o’rganilgan. Idishlar dumaloqshaklda bo’lib, sirtiga angob bo’yog’i berilgan. Miloddan avvalgi 1 — milodning 1-asrlarida Toshkent viloyati hozirgi hududi Qang’davlati tarkibiga kirgan. Toshkent viloyati o’troq xalqlarining madaniyati ko’shni ko’chmanchi chorvador xalklar madaniyati bilan chambarchas aloqada bo’lgan. Ko’chmanchi chorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunchitepa yaxshi o’rganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylashgan qanqa xarobasi eng qadimgi shaharlardan biri bo’lgan. Shahar miloddan avvalgi 3-2 asrlarda vujudga kelgan. 1-asrga oid shaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, Ohangaronoqqo’rg’on oralig’ida Kindiktepa va Qovunchitepalar bo’lgan. Bu yerlardan Toshkent hokimligining birinchi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda shahar va qo’rg’onlar Shosh (Choch) va Iloq (Eloq)qa birlashgan. 7-asrda qal’alari va mayda shaharchalari ko’pligi uchun Shoshni ming qal’ali davlat deb ta’riflaganlar. Shulardan biri Toshkentning shim.da (hoz. shahar hududida) joylashgan Oqtepa qo’rg’oni bo’lib, u mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Ilk o’rta asr shaharlarining arki va shahristoni bo’lgan. Shaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandchilik rastalari tartib bilan joylashgan. Ularning mayd. 20 ga dan 65 ga gacha etadi. Atrofdagi tog’lardan oltin, kumush, mis qazib olish natijasida hunarmandchilik yuksalgan. Kulolchilik va chorvachilik rivojlangan. Shosh va Iloq davlatlari o’z nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahshiy hayvonning rasmi (silovsin yoki Bars), orqa tomoniga panshaxaga o’xshash tam/a tushirilgan. Ilk o’rta asrlarda aholi o’rtasida otashparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib ko’milgan qabrlar To’ytepa, Qoraxitoy va Tuyabo’g’izdan (q. Tuyabo’g’iztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon shaklda bo’lib, qopqog’iga hayvon suratlari solingan. 9-10-a.larda T.v. Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda shaharlar har tomonlama rivojlangan. 10-a. Arab geograflari Istaxriy, Muqaddasiy va b. ko’rsatishicha, Xuroson va Movarounnahrda Shosh viloyati eng ko’p shag’arli (40 taga yaqin) o’lka bo’lgan. Eng yirik shaharlardan viloyat poytaxti Binkat, Iloq (Eloq) davlatining poytaxti Tunkat va yirik savdohunarmandchilik markazlari Xarashkat, Shuturkat, Nujkat bo’lgan. Qad. shahar xarobalarida o’tkazilgan qazilmalar shaharlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va kengayishi har xil tarzda kechganligini ko’rsatadi. Shaharlar poytaxt bo’lgani, karvon yo’llari ustiga joylashgani, konlardan yaxshi foydalangani va chorvador ko’chmanchi xalqlar bilan aloqada bo’lgani uchun rivojlangan. Shaharlarning mayd. 20 ga dan 200 ga gacha bo’lgan. T.v. hududidan o’tgan 2 mashhur karvon yo’lining birinchisi Sirdaryo, Binkat, Xarashkat, Xudoykat orqali, ikkinchisi bir oz shim.rokdan Chinozkat, Shuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali o’tgan. 9-10-a.larda Konchili k ishlari, metall eritish, kulolchilik va to’qimachilik taraqqiy etgan. 10-a. geograflarining ma’lumotlariga ko’ra, Shosh, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan ishlangan ashyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, chorvachilik mahsulotlari va g’alla tashqariga chiqarilgan. Toshkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n sharqsa Shuhrat qozongan. Toshkent vohasi o’z tarixida takdirning ko’p sinovlarini, shahar va qishlokdarni vayronaga aylantirgan mo’g’ullar bosqini kabi og’ir davrlarni boshidan kechirgan. Tarixiy manoalardan ma’lum bo’lishicha, faqat Amir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlanish boshlangan. Ko’plab shaharqishloklar yangidan kad rostlab, obod bo’lgan. Viloyat hududidagi mashhur Zangiota majmuasi Amir Temur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilishi keyinchalik Mirzo Ulug’bek tomonidan oxiriga etkazilgan. Tarixdan ma’lumki, Sohibqiron Amir Temur Toshkent sh. va Toshkent vohasiga ko’p marta tashrif buyurgan. Sirdaryo bo’yidagi mo’g’ullar vayron qilgan Banokat sh.ni qayta tiklab uni o’g’li Shohrux nomiga Shohruxiya deb atagan. Aholisi. T.v.dagi aholining zichligi o’rtacha 1 km2 ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, o’zbeklar (60,9%), shuningdek, rus (8,1%), qozoq (14,3%), tatar (2,5%), tojik (5,0%), koreys (2,8%), ukrain va b. millat (turk, qirg’iz, uyg’ur, nemis va b. jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Ayniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomerasiyasida aholi juda ko’p. T.v.dagi ko’pchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shakli — da o’rab olgan. Xo’jaligi. T.v. mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik o’rni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xo’jalik kompleksi, asosan, poytaxt xo’jalik kompleksini to’ldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20%ni, elektr energiyasining 45%ni, ko’mirning 98%ni, tsementning 43%ni, po’lat va metall prokatining 100%ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qo’shma, 20 mingdan ortiq kichik va o’rta biznes sub’ektlari faoliyat ko’rsatadi. Eng muximlari: «g’ishtchi» (Angren), «agat va Farhod» (Bo’stonliq tumani), «Metallurfemont» (Bekobod), «Orion» (Qibray tumani). Sanoatining etakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, ko’mir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, to’qimachilik hamda qishloq xo’jaligi. mahsulotlarini qayta ishlash. Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi O’zbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi o’tga chidamli va qiyin eriydigan metallar kti ishlab turibdi. Chirchikdagi «Elektrkimyosanoat», Olmalikdagi «Ammofos» va Angrendagi «O’zbekrezinatexnika» ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xo’jaligi. va b. tarmoqdar uchun azotli va fosforli o’g’itlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. «O’zbekkimyomash», «Chirchiq qishloq xo’jaligi mashinasozligi», «transformator» korxonalarida qishloq xo’jaligi. uchun zarur bo’lgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va b. ishlab chikariladi. Viloyatdagi «Toshkenttibtexnika» (Qibray tumani), «O’zbmz» (Toshkent tumani), «Gidravlika», «uskuna quruvchi» (Zangiota tumani), Dalvarzin ta’mirlash zavodi (Bekobod tumani), tog’transporti uskunalarini ta’mirlash zavodi, «Angrengazmash» (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi. Viloyatda, shuningdek, «Ohangarontsement», «Santexquyma», «Ohangaronshifer», «Ohangaronlinplast», «Bekobodsemta’mir», «G’azalkentoyna» kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud bo’lib, ularda tsement, shifer, keramika, oyna, g’isht, linoleum, temirbeton konstruktsiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat go’shtsut, yog’moy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va b. tarmoklarni o’z ichiga oladi. Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bog’dorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va b.ga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyo’l sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu erda yog’, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fkalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren sh.lari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo’stonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari ko’p. Qishloq xo’jaligi ning asosiy tarmoklari: paxtachilik, bog’dorchilik, tokchilik, pillachilik; tog’etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bug’doy va arpa etishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodietning ko’p tarmokli turlari shakllanib borayapti. T. v.da 50 mingdan ortiq dehqon xo’jaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xo’jaliklarining yalpi mahsulotdagi salmog’i 72%ni tashkil etadi (2004). So’nggi 10 yilda paxta urug’chiligini rivojlantirishga e’tibor ortib borayapti. Viloyat paxta selektsiyasi va urug’chilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda. T. v. 1990-y.largacha SSSRda kanop etishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi etishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xo’jaligi. ekinlari strukturasini o’zgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, g’allachilik asosiy o’rinlarni egallaydi. T.v.da shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum etishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. T.v.da 168 shirkat xo’jaligi, 8 parrandachilik fkasi bor. Chorvachilik go’shtsutga ixtisoslashgan. T. v.dagi barcha jamoa va xususiy xo’jaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming cho’chqa, 446,1 ming qo’y va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003). Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin mayd. 315 ming ga, shu jumladan, erning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga emxashak ekinlari ekiladi. Bog’, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga o’rmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sug’orishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi. T. v. respublika poytaxti aholisiga sut, go’sht, tuxum, mevasabzavot etkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyo’l, Angren sh.lari atrofidagi xo’jaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan ta’minlashga ixtisoslash gan. Viloyatda tokchilik va bog’dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bog’larda asosan, nok va olma o’stiriladi. Bog’larning asosiy qismi Bo’stonliq, Qibray, Yangiyo’l, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy tog’li va tog’etaklaridagi tumanlarda, asosan, qo’y va echkilar boqiladi. Echkilarning 40% Angor echkilari, qo’ylar esa Hisor va jaydari qo’ylardir. Viloyatda Quyi Chirchiq «Baliqchi» tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyo’l baliq chavoqlari etishtirish davlat xo’jaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va b. bor. Transport. T.v.dagi t.y. uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan O’rta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Evropa shaharlari bilan bog’laydigan t.y. liniyasi (shu jumladan, Moskva — Toshkent — Turkmanboshi) o’tadi. Angren sh. va Chorvoq shaharchasi yo’nalishidagi t.y. tarmoqlari Toshkentdan boshlanadi. Toshkent atrofidagi t.y.lar elektrlashtirilgan. 2004 y.dan boshlab Toshkent — Samarkand yo’lovchilar tashuvchi elektr poezdi qatnay boshladi. Viloyatda avtomobil yo’llarining tarmog’i zich. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yo’llarining umumiy uz. 6,6 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 5,9 ming km). Muhim avtomobil yo’llari: Katta O’zbekiston trakti, Toshkent—Andijon—O’sh— Qashqar avtomobil yo’li. Madaniymaorif, sog’liqni saqlash va sport. 2003/04 o’quv yilida viloyatda 897 umumiy ta’lim maktabida 519,8 mingga yaqin o’quvchi ta’lim oldi, 2 Mehribonlik uyi (264 tarbiyalanuvchi) faoliyat ko’rsatdi. Viloyatda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangi ta’lim tizimi shakllanmoqda. 2000 y.da viloyatning 45 nafar o’quvchisi «Umid» jamg’armasi orqali chet ellardagi nufuzli oliy o’quv yurtlariga jo’natildi. 2004 y.da Bo’stonliq tumanidagi 38maktab qoshida AQSh USAJD tashkiloti – ning O’rta Osiyo va Qozog’istonda sport va sog’lomlashtirishni targ’ibot qilish dasturi asosida maktab o’quvchilari bilan sport haftaligi o’tkazildi. T.v. ning barcha shaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida «Bog’chamaktab» majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga chet tili, kompyuter savodxonligini o’rgatish, alifbosiz o’qishga e’tibor berilgan. «Mehr va muruvvat yili» munosabati bilan Olmaliq sh.dagi 80sonli maxsus internat maktabi binosini mukammal ta’mirlash uchun Olmaliq tog’metallurgiya kti tomonidan 350 mln so’m mikdorida mablag’ajratilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 1998-2003 y.larda yangi qurilish va qayta ta’mirlash hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik lisey foydalanishga topshirildi. T.v. o’rta maxsus, kasbhunar ta’limi boshqarmasi tasarrufida 4 akademik lisey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud bo’lib ularda 57,4 mingga yaqin o’quvchi ta’lim olmoqda. 2004 y.da To’ytepa sh.da ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanishga topshiriladi. Akademik lisey va kasbhunar kollejlarini o’quvlaboratoriya jihozlari va uskunalari bilan ta’minlash, turli mavzularda ilmiyamaliy seminar o’tkazish loyihalari bo’yicha tanlovlar tashkil qilish borasida Jan. Koreya, Germaniya davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda. O’rta maxsus, kasbhunar ta’limi tizimi bo’yicha 2003 y.da Amerika hamkorlik tashkiloti (AKSELS) tomonidan «a’lo ta’lim uchun mukofot» dasturi asosida liseylar va kasbxunar kollejlari direktorlari, ingliz tili o’qituvchilarining taqdimot seminarlari o’tkazildi. 2004 y.da 757 o’quvchi o’qishni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Viloyatda 2 oliy o’quv yurti (Toshkent agrar unti, Toshkent viloyat pedagogika inti) bor. Ularda 10,1 ming talaba ta’lim oladi (2004). T. v.da eng yirik i.t. institutlari, bog’dorchilik, tokchilik va vinochilik, g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi, paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik va o’rmon xo’jaligi, sug’orish texnikasi i.t. institutlari, qishloq xo’jaligi.gini mexanizasiyalash va elektrlashtirish O’rta Osiyo inti, O’rta Osiyo rangli metallurgiya loyig’alash, sholikorlik i.t. institute va b. joylashgan. T. v.da 4 o’lkashunoslik muzeyi, 501 ommaviy kutubxona (7141,6 ming nusxa asar), 169 klub muassasasi, 35 bolalar musiqa va san’at maktabi (6323 o’quvchi), madaniyatuylari, 746badiiyhavaskorlik jamoalari, 3 madaniyat va istirohat bog’i bor. T.v. va Toshkent sh.dan To’ychi Hofiz, Zokirovlar, Rajabovlar sulolalari, akauka Shojalilovlar; O’zbekiston xalq hofizlari: Muhammadjon Karimov, Faxriddin Umarov, Ochilxon Otaxonov; O’zbekiston xalq artistlari: turg’un Alimatov, Orif Alimahsumov, Nuriddin Haydarov, O’zbekistonda xizmat I  ‘ ko’rsatgan artist Toshpo’lat Matkarimov va b. etishib chiqdilar. Viloyatda xalq hunarmandchiligi rivojlangan. Sog’liqni saqlash. T.v.da 10361 o’rinli 96 kasalxona muassasasi, 42 dorixona, viloyat tez tibbiy yordam markazi bo’limlari, 334 ambulatoriyapoliklinika muassasasi ishlab turibdi. Shulardan 174 qishloq vrachlik punkta, 43 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 11 stomatologiya poliklinikam, talabalar poliklinikasi va 195 feldsherakusherlik punkti va b. tibbiyot muassasalari faoliyat ko’rsatadi. T. v.da o’tgan 1996-2003 y.lar mobaynida 174 qishloq vrachlik punktlari barpo etildi, 119 qishlok, shifokorlik ambulatoriyasi va feldsherakusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. 1999— 2003 y.larda viloyatda 150 o’rinli viloyat klinik shifoxonasi, 170 o’rinli viloyat tug’ruq majmuasi, 90 o’rinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 60 o’rinli narkologiya dispanseri, 120 o’rinli viloyat ruhiyasab kasalliklari dispanseri, 100 o’rinli viloyat silga qarshi kurash dispanseri, ayollar reproduktiv salomatligini tiklash markazi, yuqori Chirchiq tumanida 40 o’rinli «Nuroniy» shifoxonasi, Bekobod, Toshkent, O’rta Chirchiq, Qibray tumanlarida yangi tug’ruq majmualari ishga tushirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbobuskunalar bilan jihozlandi. T.v.dagi barcha tibbiy muassasalarda 5032 dan ziyod vrach, 22106 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. Viloyat hududida 95 ta bolalar oromgoxdari, 5 ta dam olish zonalari, 10 sanatoriy, 14 ta sanatoriyprofilaktoriy, 3 dam olish uylari, 7 ta pansionat, 2 bolalar sanatoriysi faoliyat ko’rsatadi. Toshkent sh.dan 90 km shim.sharkda Chatqol tog’yon bag’irlarida «Chimyon» dam olish zonasi joylashgan. Sport. Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, mini futbol, qo’l to’pi, shaxmat va b. bo’yicha sportchilar mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. T.v.da 49 stadion, sport majmuasi, 16 suzish havzasi, 38 tennis korti, Otchopar, velotrek, 624 sport zali, 45 otish tiri, 683 basketbol, 994 voleybol, 359 qo’l to’pi, 667 futbol maydoni bor. Bugungi kunda 1701 ta jismoniy tarbiya va jamoalarida 600 mingga yaqin kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadi. O’tgan davr mobaynida viloyatda o’nlab jahon, Osiyo, respublika chempionlari etishib chikdi. D. Mansurov erkin kurash, R. Saidov va I. Alborovlar boks, E. Akbarov, S. Zokirov, A. Bobojonov va M. Kalikulovlar dzyudo, M. Inoyatova stol tennisi, D. Turchin, M. Tarasov, Yu. Borzova. D. Strijkovlar baydarka va kanoe, V. Smirnov engil atletika, S. Soy suzish bo’yicha Afina 2004 Olimpiadasiga yo’llanmalarni qo’lga kiritishdi. Katar davlati poytaxti Doxa sh.da bo’lib o’tgan stol tennisi bo’yicha Osiyo chempionatida A. Dyugay oltin medalga sazovor bo’ddi. 2004 y. may oyida Dog’istonning Maxachqala sh.da o’tkazilgan yirik xalqaro turnirida D. Mansurov 1o’rinni egalladi. Viloyat jamoasi respublika miqyosida uloq, engil atletika, boks, dzyudo, stol tennisi, qo’l to’pi, voleybol va b. sport turlari bo’yicha 1 va sovrinli o’rinlar sohiblari bo’lishdi. Viloyatda sport turlari orasida futbol tobora ommaviylashmoqda. Futbol bo’yicha mamlakat chempionatining oliy ligasida «Do’stlik» (Toshkent viloyati), «Metallurg» (Bekobod), «Kimyogar» (Chirchiq), «Semurg'» (Angren) jamoalari viloyat sharafini himoya qilmoqdalar. «Do’stlik» komandasi ikki bor mamlakat chempioni va bir marta billur sovrini sohibi bo’ldi. T. v.da xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1toifadagi sportchilar tayyorlandi. Adabiyoti. Toshkent vohasi Sharq adabiyotining qad. markazlaridan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug’bekka bag’ishlab yozilgan asarida Mavlono Lutfiyning ona vatani Toshkent bo’lgan, degan fikr ilgari surilgan. 14-16-a.larda shoir Badriddin Chochiy, mashhur tarixchi, huquqshunos, tarjimon Ko’hakiy, 16-a.da Zayniddin Vosifiy T.da yashab ijod qilganlar. Xoja Ahror taklifi bilan Toshkentda Jomiy ham bo’lgan va ulug’ mozorotlarni ziyorat qilgan. Toshkentlik tarixchi va geofaf olim Muhammad Solih «Tarixi jadidai Toshkand» asarini ezdi. Dilkash, Gulshan, Almaiy, Kamiy kabi shoirlar voya ga etdi. Avloniy, Nozimaxonim, Mirmuxsin Shermuhamedov, Sidqiy Xondayliqiy (Shavkat), xislat, Miskin, Tavallo kabi iste’dodlar etishib chikdi. Shoir Akmal etuk olim sifatida ham nom chiqargan. Dilafgorning toshbosmada devoni chop qilingan, Elbek turkologtilshunos, tarjimon va jurnalist sifatida ijod qildi. 20-a. ning 20-30-y.laridagi Toshkent adabiy hayotida Abdulla Qodiriy, Oybek, G’afur G’ulom. Botu, Ziyo Sayd, Oydin, Zulfiya, G’ayratiylarning o’rni katta. T.v.da V. G’afurov, A. Ubaydullaev, Muzayyana Alaviya, M. Samadov, Usmon Umrzodalar ijod qiddilar. O’zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi, yozuvchi H. Sultanov, shoirlar Abdulla sher, Sh. Salimova, M. Toirov, O. Otaxonovlar T.v.da tug’ilib kamol topgan adabiyot namoyandalaridir. Matbuot, radio va televideniesi. T. v.da 2 ta viloyat («Toshkent haqiqati», «Tashkentskaya Pravda»), 16 tuman, 9 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 17 tarmoq, 7 jamoat gaz. va 1 jurnali nashr etiladi. 38 matbaa korxonasi faoliyat ko’rsatadi. T. v.da (Toshkent sh.da) tajriba radioeshittirishlar dastlab 1926 y. boshlangan. 1927 y. 11 Fev.da quvvati 2 kVt bo’lgan ommaviy radiostantsiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar olib borilgan. 1929 y.dan boshlab muntazam radiogazeta eshittirishlari berilgan. 1930 y.dan quvvati 20 kVt bo’lgan RV radiostantsiyasi ishlay boshlagan. Respublika miqyosidagi eshittirishlardan tashqari, Toshkent sh. va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirish bosh tahririyati tayyorlagan eshittirishlar beriladi (1971 y.dan). Shuningdek, «Oriat dono», «Oriat G’M» radiostantsiyalari faoliyat ko’rsatadi. Televizion eshittirishlar 1956 y. 5 noyab.dan boshlangan. 1971 y.dan rangli televizion ko’rsatuvlar berilmoqda. Toshkent sh. va T.v. uchun mo’ljallangan ko’rsatuvlar bosh tahririyati «O’zbekiston» axborot dasturi, «Shahar yumushlari», «davra suhbati», «Muloqot», «Hamshaharlar», «Shahar portreti», «oila», «mezon», «Oltin beshik», «bahs» kabi ko’rsatuv turkumlarini tayyorlaydi. Viloyatda, shuningdek, «Olmaliq—TV», «Po’lat», «Chirchiq— TV», «Bekobod oynai jahon», «orbita TRK» telestudiyalari ishlab turibdi. Me’moriy yodgorliklari. Viloyat hududida ilk o’rta asrlarda bunyod etilgan shahar, ko’shk va saroylar xaroba holida tuproq ostida qolib ketgan. O’rta asrlarga oid yirik me’moriy binolarning aksari kismi Tbshkent sh.da bunyod etilgan. Ulardan 14—19alarda qurilgan maqbara va madrasalarning ayrimlarigina hozirgacha saqlangan. Zangiota majmuasi T.v.dagi eng mashhur, O’rta Osiyodagi noyob me’moriy yodgorlikdir. Zangiota qishlog’ida joylashgan mazkur yodgorlik 15— 20-a. lar davomida qurilgan. Zangiota maqbarasi, peshtoqli ayvon, ziyoratxona, go’rxonalardan iborat. Majmua tarkibida Anbar Bibi maqbarasi ham bor. Bekobod tumanida Qizilmozor maqbarasi joylashgan. T.v.dagi tuman markazlarida 2jahon urushida halok bo’lganlar xotirasiga, jumladan Chirchiq sh.ga kiraverishda, Bo’zsuv kanali sohilida, Yangiyo’l sh.da, Parkent sh.dagi yodgorliklar o’rnatilgan.