TO’YONA
TO’YONA — kechpishar qovun navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida Qo’ybosh va Kutana navlarini chatishtirib (A.S.Shchukina, ST. Pessova, A. S. Hakimov, S. Xalilov) yaratilgan. Nihollari unib chiqqandan keyin qovuni 105 1 1 5 kunda pishadi; o’rtacha kattalikda, vazni 4 — 6 kilogramm, yuzasi tekis, tusi qo’ng’irkulrang, yetilganda sarg’ishqo’ng’ir tusga kiradi, to’ri dag’al. Mevasi tarkibida 9— 10% qand bor. Urug’xonasi o’rtacha, urug’lari yirik. Qishda yaxshi saqlanadi. Hosildorligi 300-400 tsentner/gektar. 1991 yilda davlat reestriga kiritilib, O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya etilgan.