Turkiston general-gubernatorligi

Turkiston general-gubernatorligi — ma’muriyhududiy birlik. Rossiya imperiyasi bosib olgan G’arbiy Turkiston hududida Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867 y. 11 iyul). Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi generalgubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi generalad’yutant K.P. fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867— 81) Turkiston o’lkasini qattiqqo’llik bilan boshqargan. Kavkaz, Boltiqbo’yi o’lkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali ma’mur va usta siyosatchi ekanligini ko’rsatgan fon Kaufmanni «Turkistonning bunyodkori» deb ulug’lashgan. U Toshkent jamoatchiligi vakillari yig’ilishi (1868 y. 22 yanv.)da birinchi bor ruslarni Turkiston xalklarining «katta og’asi» deb atagan. Rossiya imperatori fon Kaufmanga o’lkani boshqarishda cheklanmagan huquq va vakolatlar bergan, natijada uni xalq «yarim podsho» deb bilgan. Ichki va tashqi siyosatda uning erkin ish yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan «Oltin yorliq»da o’z aksini topgan. 1868-80 y.lar davomida harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan iborat generalgubernatorlikka yana 3 viloyat qo’shildi. 19-a.ning oxirlarida T.g.g. Sirdaryo, Ettisuv, Samarkand, Farg’ona va Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat bo’lib hududi Evropa Rossiyasining U3 qismiga teng edi. T.g.g.ning barcha hududi 1.779.618 chaqirimga teng bo’lgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va xalqlarini ruslashtirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. O’lkadagi siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan edi. Asriy milliy davlatchilikni yo’qotib ruscha idora usulini qo’llash uchun Sanktpeterburgning oliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga «Turkiston o’lkasini boshqarish haqidagi Nizom» nomi bilan kirgan. Nizomga ko’ra, o’lka hokimiyati «harbiyxalq boshqaruvi» deb nomlandi. T. g.g. viloyatlar (oblast), tuman (uezd), jabhalar (uchastka), bo’lislar (volost) va oqsoqolliklarga bo’lindi. Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, bo’lis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boshqargan. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman — uezd boshliklari, jabhalarga esa uchastka pristavlari tayinlangan. Mustamlakachilar mahalliy boshqaruv idoralariga mas’ul shaxslar tayinlanishida nihoyat hushyor ish tutib, ilg’or, taraqqiyparvar va millatparvar kishilar bo’lis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiylanayranglarni ishga solganlar. Turkistonda mustamlaka idorasi 1898 y.gacha «harbiyxalq», undan keyin esa «ma’muriypolisiya boshkaruvi» deb atalgan bo’lsa ham uning mohiyati mazmunan o’zgarmagan, barcha vakolatlar rus ma’muriyati qo’lida jamlangan. Turkistondagi siyosiy idora tizimi «tub aholi o’rtasida har qanday norozilikni tagtugi bilan shafqatsiz bostirish, bironbir dushmanlik holati sezilsa, darhol uning kuchayishiga yo’l qo’ymay bo’g’ib tashlash, tartibbuzarlar va ularning maslakdoshlariga tegishli saboq berish va ularga rus qudratini ko’rsatib qo’yish uchun har qanday choratadbirlar ko’rish» ruhi bilan sug’orilgan. Turkistondagi milliy ozodlik harakatini bo’g’ib tashlash, istiqlol uchun kurashga qodir shaxslarni «zararsizlantirish» rejasi ishlab chiqilib, uni ijro etishga barcha mustamlaka arboblari jalb etilgan. Rus dvoryanpomeshchiklari o’lkani ruslashtirishning iqtisodiy tomonini ko’zlab, Davlat Dumasida Turkiston o’lkasidagi «ortiqcha» erlarni musodara qilishni yoqlab muxoliflarini siquvga olishgan. 1910 y. 7 apr.da Davlat dumasi «Turkiston o’lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ning 270moddasini «Turkiston ko’chmanchilarining ortiqcha erlarini kolonizasiya ehtiyojlari uchun» musodara etishga ruxsat beruvchi qo’shimcha bilan to’ldirish masalasini muhokama qildi. Rus mustamlakachi shovinistlari tovushi baland kelib qonun loyihasi qabul qilindi va 1910 y. 19 dek. dan qonun kuchga kirdi. To’qqiz yil ichida ana shu konunga ko’ra, Sirdaryofarg’ona ko’chiruvchilik rni bo’yicha tub aholining 744,9 ming desyatina eri ruslarga taqsimlab berildi. Podshoning musodarachilik siyosati o’ta shafqatsizlik bilan davom ettirildi. Imperiya xukmdor doiralari Turkiston o’lkasi rus va tub aholisi uchun maxsus siyosat dasturini ishlab chikdi. Harbiy mirshablik ruhi T.g.g. siyosiy tuzumida o’zining yaqqol ifodasini topgan. Turkiston generalgubernatori bir vaqtning o’zida o’lka bosh hokimi, okrug qo’mondoni, bosh prokuror va bosh mirshab vazifalarini bajargan. 1867 y.dan 1917 y.gacha T.g.g.ni boshqarganlar: K.P.fon Kaufman (1867 — 81), g.A. Kolpakovskiy (188182), M.G.Chernyaev (188284), N.O.Rozenbax (188488), A. B. Vrevskiy (1889-98), S.M.Duxovskoy (18981901), N.A.Ivanov (1901 — 04), P.N.Tevyashov (190405), D.I. Subbotich (190506), N.I.Grodekov (1906-08), P.I.Mishchenko (1908— 09), A.V. Samsonov (1909-13),Flug (191315), Martson (191516), A.N.Kuropatkin (1916-17). T. g.g. 1917 y. 31 martda tugatilib o’rniga «Turkiston qo’mitasi» tuzilgan(1917 y. apr.noyab.). Ad.: Abramov F., Polojenie ob upravlenii Turkestanskim kraem, T., 1916; S ad o’kov X., Politikoadministrativnoe ustroystvo Turkestanskogo generalgubernatorstva, T., 1973; O’zbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000 y. Hamdam Sodiqov.