Turkiy tillar

Turkiy tillar — hoz. va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Uzbekistan, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Rossiya federasiyam, XXR, Afg’oniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va b. bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. O’tgan asr oxiridagi ma’lumotlarga ko’ra, T.t.da so’zlashuvchilarning umumiy soni 130 mln. kishidan ortiq. Ba’zi olimlar T.t.ni mo’g’ul tillari hamda tungusmanjur tillari bilan birga qo’shib, Oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. E.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qo’shish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga ko’ra, T.t.ning tarixi Oltoy tillari bir til bo’lib tashkil topgan qad. zamondan — Oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmo’g’ul tillariga, so’ngra turkmo’g’ul tili ham 2 ga — turk va mo’g’ul tillariga ajralgan. Lekin T.t.ning Oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida krlmoqda. T. t. deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq bo’ylab cho’zilgan ulkan geografik hududda tarqalgan o’zbek, uyg’ur, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, Saxa (yoqut), Tuva, xakas, Oltoy, karagas, shor, turkman, Ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qo’miq, no’g’ay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. T.t. hoz. tarqalish geografiyasiga ko’ra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: O’rta va Jan. Sharqiy Osiyo, Jan. va G’arbiy Sibir, VolgaKama havzasi, shim. Kavkaz, Zakavkaze va qora dengiz bo’yi. T.t.ning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan o’zaro munosabati masalasiga qiziqish juda qad.dan davom etib keladi. T.t.ni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshg’ariydir. T.t. tasnifi bilan qiziqish 19-a. oxiri va 20-a.da qayta avj oldi va hoz.gacha ko’plab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.E.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogorodiskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari g. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bentsing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qo’ygan maqsadi nuqtai nazaridan xilmaxildir. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. T.t.ni tasnif qilishning o’ziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, T. t.ning o’zaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning o’zida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Mas., V.A.Bogorodiskiy o’z tasnifida T.t.ning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shim. Sharqiy (saxayoqut, karagas va Tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); o l toy (Oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); g’arbiy Sibir (Sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgabo’yiuraloldi (tatar va boshqird tillari); o’rta Osiyo (uzbek, uyg’ur, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq tillari); Jan.g’arbiy (turkman, Ozarbayjon, qo’miq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalklar va tillarning tarixiy tarakane ™ hisobga olinmagan, karaim, no’g’ay kabi tillar e’tibordan chetdan qolgan. V.V.Radlov tomonidan T.t. quyidagicha tasnif qilingan: Sharqiy guruh (Oltoy, ob, Enisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va laqjalari, karagas, xakas, shor va Tuva tillari); g’arbiy guruh (G’arbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirg’iz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); o’rta Osiyo guruhi (o’zbek va uyg’ur tillari); Jan. guruh (turkman, Ozarbayjon, turk, qrimtatar tillari). Bu tasnifga T.t.ning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan bo’lsada, ba’zi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida T.t.ning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda T.t.ning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N.A.Baskakov tomonidan taklif etilgan va u kupchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan. T. t. oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hoz. o’zbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, o’zakning deyarli o’zgarmasligi, gap bo’laklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. T. t.ni bir til oilasiga birlashtiruvchi va b. til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lug’at tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va Grammatik qurilishining o’xshashligidir. Shuning uchun g’am chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari o’z ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi. T. t. umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yukrridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozisiyasi mavjud. Hoz. T.t.da unli va undosh tovushlar mik,dori bir xil emas. Unlilar mikdori ba’zi T.t.da (Tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq bo’lsa, ko’pchiligida 8 ta (xoz. o’zbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar mikdorida esa bunchalik katta farq yo’q. Maxsus adabiyotlarda undoshlar mikdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Ba’zi T.t.da suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, D) qo’llanadi; so’z boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglyutinasiya shakl va so’z yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, Grammatik jins kategoriyasi yuq, prefiks va old qo’shimchalar mavjud emas (ko’makchilar faol qo’llanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap bo’laklari o’zining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bog’lovchilar deyarli yo’q (ularning aksariyati Arab va fors tillaridan o’zlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qo’llanadi, ikki ot yoki otlashgan so’zning birikuvidan hosil bo’lgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili so’z birikmalari barcha T.t.da uchraydi. So’z yasalishi, asosan, affiksasiyadan iborat, shuningdek, so’z hosil qilishning analitik va b. usullari ham bor. Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7— 11-a.larga mansub bo’lib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shim. Mongoliya, Qirg’izistonda, Enisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va b. joylarda topilgan. Brahmi va Sug’d yo’zuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo). Keyinchalik uyg’ur va Arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, O’rta Osiyo, Oltin O’rda hududi, Volgabo’yida) va g’arbda (Saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va b. hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uyg’urlar 11-a.dan hoz. gacha Arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv an’analariga ega bo’lgan turkiy xalkdarning aksariyati (o’zbek, uyg’ur, turk, Ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-a.ning 20-y.larigacha Arab alifbosi asosidagi yozuvga ega bo’lgan. Turk tili 1929 y.dan lotin alifbosi asosidagi yozuvga o’tgan. Sobiq SSSRdagi barcha T.t. uchun 20-y. lar o’rtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930 y.gacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga o’tkazildi; 1938-40 y.larda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga o’tkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991 y.da Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993 y.da O’zbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. T.t.ning o’rganilishi haqida q. Turkiyshunoslik. Ad.: Baskakov N.A., Vvedenie v Izuchenie tyurkskix Yazikov, 2 izd., M., 1969; Kononov A. N ., Istoriya izucheniya tyurkskix Yazikov v Rossii, L., 1972; Serebrennikov B.A., Gadjieva M.Z., Sravnitelnoistoricheskaya grammatika tyurkskix Yazikov, Baku, 1979; Qo’ch qortoev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984. Abduvahob Madvaliev, Ishoq Nosirov.