Tuz qayerdan olinadi?

Tuz konlaridan, buloqlardan, sho’r ko’llardan va dengizdan qazib olinadi. Tuz konlaridagi tunnellar va yo’laklar bamisoli muzdan yasalgan singari yarqirab turadi. Shaxtyorlar bloklarni arralashadi, so’ngra ularni bo’laklarga maydalashadi, vagonchalarga yuklashadi-da, maxsus poyezdlarda yuqoriga tashib chiqishadi. Ayrim joylarda tuzni maxsus tuz quduqlari orqali qazib olishadi. Biz bilganimizdek, odatda quduqlarni suv tortib olish uchun qazishadi. Tuz quduqlariga esa aksincha qaynoq suv quyishadi. Suv yer ostida yoyilib ketadi va tuzni eritadi. Yer ostida tuzlama paydo bo’ladi. So’ngra tuzlama so’rib olinadi va ulkan rezervuarlarda qizdiriladi. U joyda suv bug’lanib ketadi, tuz esa tubga cho’kadi. Ba’zi paytlarda esa tosh tuzi konining yer ostidagi daryosini yerosti daryolari kesib o’tadi. Bunday paytlarda suv tuzni eritadi va yer ostida tuz mag’oralari paydo bo’ladi. Eng yirik tuz mag’oralari Chexiyada, Velichka qo’rgoni yaqinida joylashgan. Tuzni boshqa yo’llar bilan ham qazib olishadi. Dengiz sohilida maxsus uncha chuqur bo’lmagan hovuzlar — tuz presslari qurishadi. Maxsus kanal orqali ularga dengiz suvini ochib yuborishadi. Jazirama oftob suvni qizdiradi va tezda bug’lanib ketadi, uning bilan birga kelgan tuz esa hovuzda holadi. Qadim zamonlarda tuzni Yevropaga olislardan tashib kelishardi. Uni asosan dengizbo’yi tumanlarda va ba’zi sho’rkullardan qazib olishardi. Mana shuning uchun ham tuz nodir metallar qatorida juda qimmat baholanar edi. Ba’zi joylarda tuz hatto pul o’rnida foydalanilgan. Rossiyada ana shunday ko’llardan ikkitasi bo’lgan — Elton va Baskunchak. Hali qadim zamonlardayoq ularning qirg’oqlaridan tuz qazib olishar edi. Tuz inson hayotida ulkan ahamiyat kasb etadi, undan nafaqat taom pishirishda foydalaniladi. Ilgarilari u konservasiyalash — oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishdan saqlash uchun asosiy modda bo’lgan. Bugun esa ovqatni muzlatgichlar va refrijeratorlardagi sovuq yordamyda saqlashadi.