VALIN
VALIN, aminoizovalerian kislota — hayot uchun zarur, almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardan biri. Molekulyar modda 117,16; rangsiz kristall. Barcha oqsillar tarkibida keng tarqalgan; oqsil molekulasidagi aminokislotalarning taxminan 3-10% ini tashkil qiladi. abromizovalerian kislotaga ammiak ta’sir ettirib olish mumkin. Inson va hayvonlar oziq-ovqati tarkibiga kiruvchi zarur komponent. Odamga bir sutkada 400-800 mg Valin kerak.