VALIN
VALIN, aminoizovalerian kislota — hayot uchun zarur, almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardan biri. Molekulyar modda 117,16; rangsiz kristall. Barcha oqsillar tarkibida keng tarqalgan; oqsil molekulasidagi aminokislotalarning taxminan 3-10% ini tashkil qiladi. abromizovalerian kislotaga ammiak ta’sir ettirib olish mumkin. Inson va hayvonlar oziq-ovqati tarkibiga kiruvchi zarur komponent. Odamga bir sutkada 400-800 mg Valin kerak.
O‘xshash so‘zlar
- Valin
- Valinomitsin
- Valixo’jayev Botir
- Valixonov Cho’qon Chingizovich
- Valiyev Abdulhay Qosimovich
- Vallax (Wallach) Otto
- VALLERIIT
- Valletta, La-Valletta






