Vasiqa

Ma’nosi

Vasiqa (arabch)-yer mulk oldi-sotdisi to’g’risida tuzilgan rasmiy shartnoma. Vasiqa ko’chmas mulkka doimiy yoki vaqtincha egalik qilish huquqini bergan. Turkiston qozixonalarida Vasiqa faqat bir nusxada shariat qonunlari asosida tuzilgan. Unda har ikki taraf, ya’ni oluvchi va sotuvchi hamda guvohlar Vasiqaga imzo chekkan, uni qozi imzolab muhrlagan. Amirlar yer va boshqa ko’chmas mulklarni tortiq qilganlarida Vasiqani o’zlari berganlar.

O‘xshash so‘zlar

V harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar