Vassallik

Vassallik (lotincha vassalus-vassal, vassus-xizmatkor)-o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada feodallar bir toifasi-vassallarning boshqasi-senorlardan shaxsiy qaramlik munosabatlari tizimi. Vassallik, odatda, senorlardan feod olib, evaziga muayyan majburiyatlarni: o’z xojasini qo’riqlash va uning moddiy manfaatlarini himoya qilish, bir yilda qirq kun harbiy xizmat o’tash yoki o’z qaramog’idagi Mulki miqdoriga qarab otryad yuborish, shuningde, ayrim vaqtda pul yordami berishni zimmasiga olgan. Biroq Vassallik ko’pincha bu majburiyatlarni bajarmay, o’z egasi-senoriga qarshi ham turgan. Oliy senor (syuzeren) vassaliga aylangan yirik feodallarning ham, o’z navbatida, vassallari bo’lgan.