VESTERNIZATSIYA

VESTERNIZATSIYA (ing. western — g’arbiy) — yevropasentrizm g’oyasining zamonaviy ko’rinishi bo’lib, insoniyat erishgan barcha yutuqlarni g’arblashtirish, G’arb dunyosining o’ziga xos tafakkuri va turmush tarsi natijasi deb ko’rsatishga urinish, g’arb mamlakatlarini ilg’or va yetakchi kuch, ideal hodisa sifatida targ’ib etishga qaratilgan buzg’unchi nazariya va amaliyot. Mamlakatlar xalqlarini kapitalizmning iqtisodiy va siyosiy tizimlarining afzalliklariga ishontirish, ularni g’arbiy taraqqiyot yo’lini tanlab olishiga yo’naltirishdir. Bu kabi mamlakatlarni tashqi siyosatida G’arb olamiga tortishni, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning va iqtisodiy hayotning ijtimoiy jihatlarini qabul qildirishni ko’zda tutadi.