Vizgo Tamara Semyonovna
Vizgo Tamara Semyonovna (1906.25.4, Polsha, Lomja shahri-1998.30.5, Moskva) — musiqashunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1976). San’atshunoslik fanlari Doktori (1969). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1940). Toshkent musiqa bilim yurtida (1939-46), Toshkent konservatoriyasida (1944-53) dars bergan. San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1943-91), musiqa bo’limi mudiri (1947-52), direktor o’rinbosari (1952-57). Tadqiqotlari asosan o’zbek kompozitorlik musiqa madaniyatining yuzaga kelishi va rivojiga, O’rta Osiyo musiqa sozlari tarixiga bag’ishlangan. 3 jildli «O’zbek sovet musiqasi tarixi» to’plami (rus tilida, T., 1972-91), «musiqa tarixi tasvirlarda. Markaziy Osiyo» (nemis tilida, Leypsig, 1987) kitobining mualliflaridan biri.
O‘xshash so‘zlar
- Vizgo Mixail Sigizmundovich
- Vizildoq qo’ng’izlar
- Vizir
- VIZUAL KUZATISH
- Vizual qo’shaloq yulduz
- Vladigerov Pancho
- Vladikavkaz
- Vladimir







