Xrom rudalari

Xrom rudalari, xromitlar tarkibida texnik jihatdan sanoatda ishlatishga yaroqli hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq miqsor va kontsentrasiyada xrom bo’lgan tabiiy mineral hosilalar. Tarkibida xrom bo’lgan minerallardan faqat xromshpinelidlar sanoat ahamiyatiga ega. Xrom rudalarining asosiy minerallari — xromshpinelidlar va silikatlar — serpentin, xlorit, ba’zan olivin, piroksen, plagioklaz, uvarovit, xromaktinolit, talk, brusit, karbonatlar, sulfidlar va boshqalar. Yaxlit va xolxol Xrom rudalari ma’lum. Rudalarda muhim komponentlarning mikdori: Sg2O3 10-62%; A12O3 4,034%, G’e2O3 1,018%; G’eO 7,0— 24%; MgO 10,533%; SiO2 0,427% bo’lib, ba’zilarida platina guruhi elementlari 0,1—0,2 g/t va Ai 0,2 g/t gacha bo’ladi. Zararli aralashmalar — S, R va sa 1% dan ortiq. Ruda tanalarining shakli turlicha: platformalardagi stratiform massivlarda — qatlam shaklida, qalinligi bir necha o’n santimetrdan bir metrgacha, ba’zan bir necha kilometrga cho’zilishi mumkin; burmali oblastlardagi massivlarda — cho’ziq linzasimon, shtoksimon shakllarda bo’ladi. Xrom rudalari konlari bazaltoid va ultraasosli magmalarning kristallanishidan hosil bo’ladi. Xromitli formasiyaning 3 turi: peridotitorto- piroksenitnoritli formasiya (platformalarda), peridotitli va gabbonorit-peridotitli formatsiya (geosinklinal oblastlarda) farq qilinadi. Xrom rudalari delyuvial, elyuvial va dengiz sohillaridagi sochmalarda ham mavjud. Sanoatda foydalanish bo’yicha rudalarning Metallurgik, olovbardosh va kimyoviy tiplari ma’lum. Xrom rudalarining asosiy konlari JAR, Zimbabve, Rossiya Federatsiyasi (Ural), Turkiya, Filippin orollari, Hindiston va Finlyandiyada bor.