YETTIBO’G’IM
YETTIBO’G’IM (Aegilops cylindrica) — bug’doydoshlar (boshokdoshlar) oilasiga mansub bir yillik o’t. Poyasi tuksiz, bo’g’imlaridan egilgan. Bargi dag’al, tuksiz yoki siyrak tukli. Boshog’i tsilindrsimon, uzunligi 7-12 santimetr. Boshoqchalari 7-12 ta, boshoqpoyaga bittadan joylashgan. May—iyunda gullab, urug’ beradi. O’zbekistonning cho’l va adir zonalaridagi bo’z tuproqda ko’p o’sadi, ekin maidonlarining chekkalarida ham uchraydi. Boshoqlaguncha mollar yaxshi yeydi.
O‘xshash so‘zlar
- YETTIQASHQA
- YETTISHAHAR UYG’UR DAVLATI
- YETTISOY BOTIG’I
- YETTISUV
- YETTIURUG’
- YETTIXO’JA QO’ZG’OLONI
- YEVDOKS KNIDLIK
- YEVDOKS KNIDLIK


