YEVKLID

YEVKLID,Yevklid (Eukleides) (miloddan avvalgi 3-asr) — yunon matematigi; matematika, optika, mexanika, musiqaga oid asarlar muallifi. Yevklid asli tir (Livan)lik bo’lib, Iskandariyada yashab, ijod etgan va u erda o’z ilmiy maktabini yaratgan. Asosiy matematik asari — «Negizlar». Unda Yevklid o’zigacha Yunonistonda to’plangan boy matematik materialni mantiqiy tartibga tushirgan, mat.ning kelgusi taraqqiyotiga asos solgan. Bu asar mat. taraqqiyotida muhim o’rin tutdi. «Shakllarni bo’laklarga bo’lish to’g’risida» asarining Arabcha tarjimasi saqlanib qolgan.