YO’LDOSHEVA HAYITGUL
YO’LDOSHEVA HAYITGUL (1948.8.10, Amudaryo tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1998). Leningrad universiteti kimyo-biologiya fakultetini tugatgan (1972). 1973 yildan Amudaryo tumanidagi 30-o’rta maktabda (1975-85 yillar 48-o’rta maktabda) kimyo-biologiya o’qituvchisi. Yo’ldosheva kimyo fanidan darelarni chuqurlashtirilgan dastur asosida olib boradi. U test sinovlari asosida tashkil qilingan sinflarda dars-ma’ruza, darssuhbat, seminar usullarini qo’lladi; bu usullar o’quvchilarning mustaqil fikrlashi, bilim doirasini kengayishida o’z samarasini ko’rsatdi.
O‘xshash so‘zlar
- YO’LDOSHEV KARIM
- YO’LDOSHEV ERGASH
- YO’LDOSHEV IBROHIM
- YO’LDOSHEV FAYZULLA
- YO’LDOSHEV MAHMUDJON
- YO’LDOSHEVA MUHABBAT
- YO’LDOSHEV BEHZOD SODIQOVICH
- YO’LDOSHEV BAHODIR TURSUNOVICH





