YULG’UN, JING’IL

YULG’UN, JING’IL — yulg’undoshlar oilasiga mansub daraxt yoki butalar turkumi. Janubiy Yevropa, Janubiy Afrikaning cho’l, chala cho’llarida va Osiyoda (Hindistongacha) 54 turi tarqalgan. Rossiyaning janubi, Kavkaz, Qozog’iston va O’rta Osiyoning Daryo va soy bo’ylarida, to’qay o’rmonlarida, chakalakzorlarda, ko’l va dengiz qirg’oqlarida uchraydi. O’zbekistonda Androsov Yulg’un, jing’il, jing’il, Bunge Yulg’un, jing’il, egik yulg’un va shahrik. 12 turi o’sadi. O’zbekistonda 250 ming gektar yulg’un changalzorlari bor. Butasimon Yulg’unning bo’yi 1-3 metr, daraxtsimonlariniki 6— 8 metr. Barglari mayda tangacha yoki qipiqsimon, gullari mayda oq, och pushti, binafsha rang, uzun shingilsimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi 3-5 pallali ko’sakcha. Yulg’un yorug’sevar, qurg’oqchilikka, sho’rxokka, zaxlikka chidamli o’simlik. 40-50 yilgacha yashaydi. 40,2° sovuqqa bardosh beradi. Yulg’un yoqilg’i, ko’chma qumlarni mustahkamlash uchun ekiladi, yog’ochidan tokarlikda va o’ymakorlik ishlarida foydalaniladi, novdasidan turli buyumlar to’qiladi. Po’stlog’ida bo’yovchi va oshlovchi moddalar bor. Yulg’un yaxshi asal beruvchi o’simlik, ba’zi turlari manzarali. Tez o’sadi, urug’i, ildiz bachkisi va qalamchalaridan ko’paytiriladi.