ZAYOM

Ma’nosi

ZAYOM — (olingan yoki berilgan qarz) 1. Davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish, budjetdagi kamomadni to’ldirish yoki boshqa maqsadlarda sotuvga chiqarilgan zayom obligatsiyalari shaklidagi qimmatbaho qog’ozlar. 2. Fuqarolar huquqidagi shunday shartnomaki, bunda bir tomon (zayom beruvchi) boshqa tomon (zayom oluvchi)ga pullar yoki narsalarni xususiy mulkchilikka yoki operativ boshqarishga beradi, ikkinchi tomon esa zayom beruvchiga shuncha miqdordagi pulni yoki teng miqdordagi narsani qaytarib berishiga majburiyat oladi.

O‘xshash so‘zlar

Z harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar