Qo’r

Qo’r — 1) mayda cho’g’aralash issiq kul; mayda cho’g’. Buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy asarlarida Qo’r so’zi issiq ko’l va miltiq dori (porox) ma’nolarida ishlatilgan; 2) to’plab va g’amlab qo’yilgan kerakli narsa; zaxira boylik. Bu so’z qut-baraka ma’nosida ham ishlatilgan. Qo’shin to’plab, bir joyga lashkar tashlamoqni qo’r to’kmoq deyiladi.