Rapsodiya

Rapsodiya [Yunoncha rhapsodia — rapsod (dostonchi) qo’shig’i — erkin shakldagi cholg’u yoki vokal asari. Xuddi doston bayonini ifodalab, turli, contrast epizodlardan tashkil topadi, ko’pincha xalq qo’shiq va kuylariga asoslanadi. Yevropada 18-asrning oxiridan ma’lum (K.F.D.Shubart, 1786). Flistning 19 ta “Vengercha Rapsodiya “si, M. Ravelning “Ispancha Rapsodiya “si, J. Gershvinning “blyuz uslubida Rapsodiya “si ommalashgan. O’zbekistonda ilk simfonik Rapsodiya ni V. Zolotaryov yaratgan (1931). O’zbek kompozitorlaridan S. Boboyev (1946), D. Zokirov (1958), T.Qurbonov (1980) va boshqalar Rapsodiya yozishgan.