Raqamlar

Raqamlar —sonlar ifodalanadigan shartli belgilar. Qadimda sonlar so’zlar orqali ifodalangan. Xalqlarning ijtimoiy-xo’jalik hayoti rivojlanishi bilan mukammalroq belgilarga va hisoblash tizimlariga ehtiyoj tug’ildi. Eng qadimgi Raqamlar bobilliklar va Misrliklarga mansub. Misr ieroglif Raqamlarida (miloddan avvalgi 3000 -2500 yil) sonlarni ifodalash uchun maxsus rasm-belgilar, keyinroq ieratik va demotik yozuvlari paydo bo’ldi. Bobil raqamlari (miloddan avvalgi 2000 yil boshi), asosan, 1, 10, 60 va 100 ni bildiruvchi mixxat belgilari bo’lib, boshqa barcha Raqamlar shular asosida ifodalangan. Misr ieratik yozuvidan yaqin va O’rta Sharqdagi barcha yozuvlar hamda Yunonioniya yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan Raqamlar kelib chikdi. Bosma yunon alifbosi slavyan-kirill va harfiy Raqamlarga asos soldi. Hozirgi Raqamlarning timsollari (nol bilan birgalikda) Hindistonda 5-asrga yaqin yuzaga kelgan. Bungacha Hindistonda kharoshti Raqamlari va u bilan deyarli bir vaqtda brahmi Raqamlari bo’lgan. Brahmi Raqamlaridan hind Gvalior Raqamlari kelib chiqdi. Gvalior Raqamlari. esa Arab Raqamlariga asos bo’lgan. Arab Raqamlari. Sharqiy va g’arbiy (g’ubor) Raqamlaridan iborat. Sharqiy Arab Raqamlari Misr va undan Sharqdagi Arab mamlakatlari, Eron hamda Afg’onistonda, g’arbiy Arab Raqamlari (gubor) esa Misrdan G’arbdagi mamlakatlarida qo’llaniladi. Yevropada 9-asrdan boshlab g’ubor Raqamlari tarqaldi va tezda ommalashdi. Sharq mamlakatlari da esa g’ubor Raqamlari 19-asrgacha ham keng tarqalmadi. Ad.: Yushkevich A. P., Istoriya matematiki v srednie veka, M., 1961.