Ra’no

Ra’no — kuzgi serhosil nok navi. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadquqit institutining Samarqand filialida Lesnaya krasavitsa va mahalliy Kulala nok navlarini chatishtirib yaratilgan (A. K. Pavlov). Mevasi rangining Ra’no guliga o’xshaganligi uchun shu nom berilgan. Daraxti o’rtacha kuchli o’sadi, balandligi 57 metr, kengligi 4 metr. Barglari mayda va o’rtacha kattalikda. Aprelning 2-o’n kunligida gullaydi, o’zidan changlanadi. Mevasi sentabrda pishadi. Mevasining o’rtacha vazni 170 gramm. Po’sti limonrangsariq, eti oq, tig’iz, shirin, o’rtacha nordon, xushta’m. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi qilinadi. Tarkibida 13,9% (qoqisida 19— 20%) qand, 0,15% kislota bor. Nok payvandtagiga ulangani 5-6, behi payvandtagiga ulangani 3-4 hosilga kiradi. Yili hosil beradi. 20-25 yillik daraxtining hosildorligi 250-300 kilogramm. Mevalari novdalarda mahkam turadi. Tog’ yon bag’irlarida, sug’oriladigan joylarda yaxshi o’sadi. Sovuqqa, qurg’oqchilikka va garmselga chidamli. 1982 yildan Toshkent viloyatining tog’li tumanlari va Namangan viloyati uchun rayonlashtirilgan.