RABIN ISXAK

RABIN ISXAK (1922-95) — Isroil bosh vaziri (1974-77 va 1992-95). 1964-66 yillarda armiya bosh shtabi boshlig’i. 1984-90 va 1992 yildan mudofaa vaziri. 1992 yildan «Avoda» partiyasi raisi. Diniy ekstremist tomonidan o’ldirilgan. Nobel tinchlik mukofoti laureati (1994).