Sovuqdan ko’pchish
Sovuqdan ko’pchish – muzlayotgan tog’jinslarida muz hosil bo’lishi natijasida tog’ jinslari hajmining ortishi va natijada yer yuzasining ko’tarilishi. Bu hodisa muz hosil bo’lish jarayoni tez va notekis kechayotgan joylarda ayniqsa yaqqol ro’y beradi. Sovuqdan ko’pchish tog’ jinslarining mavsumiy va uzoq yillar muzlab yotgan joylarida kuzatiladi. Sovuqdan ko’pchish muzlagan qatlamlarning notekis ko’tarilishiga sabab bo’lib, ko’tarilishning o’lchami — tog’ jinslarining tarkibi, namligi va zichligiga bog’liq.